So’nggi yangiliklar

11:58"Реал" АПЛдан марказий ҳимоячи олмоқчи  0 11:29"Манчестер Юнайтед" ва ПСЖ "Атлетико" собиқ ҳужумчиси учун 80 млн евро тўлашга тайёр  0 10:47Трент Александр-Арнольднинг келажаги маълум  2 10:07«Челси» жорий мавсум АПЛда бир дақиқа ҳам ўйнамаган футболчини 40 миллионга сотмоқчи  2 09:31Goal мавсумнинг энг омадли трансферлари рейтингини тузди. Рўйхатдан МЮнинг уч нафар собиқ футболчи жой олди  3 08:55«Сўғдиёна» БААдаги йиғини давомида яна бир Россия жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 08:13«Реал Мадрид» Ла Лиганинг навбатдаги турида тарихий натижага эришиши мумкин  8 07:40Бугун ёшларимиз Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб боради  3 02:40А Серия. "Лацио" "Аталанта"га қарши ўйиннинг 88-дақиқасида тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди. Бергамоликлар биринчи ўринга қайтишди  7 01:36"Лейпциг" футболчиси Манчестерга йўл олиши мумкин  0 00:37Суперкомпьютер талқинига кўра қайси жамоа АПЛ ғолиби бўлади?  5 23:56А Серия. "Интер" "Сарденья"да йирик ғалаба қайд этди  1 23:33Исак фаолиятини Лондонда давом эттириши мумкин  0 22:55"Ал Насср" супер трансфер амалга оширмоқчи  3 22:40Карвахаль: "Реал"га қарши ўйнашни истамайман"  3

Vadim Abramov: “Futbolimizda murabbiyning o'rni juda kam” Yangiliklar

Vadim Abramov: “Futbolimizda murabbiyning o'rni juda kam”

“Lokomotiv” klubi O'zbekiston chempionati birinchi davrasini muvaffaqiyatli yakunladi. Jamoa ayni vaqtda oliy liga etakchisi bo'lib turibdi.
SHuningdek, “temiryo'lchilar” O'zbekiston kubogi finaliga chiqishga ham muvaffaq bo'ldilar. SHunga qaramasdan, murabbiylar shtabi davralar oralig'idagi tanaffusda jamoada katta o'zgarishlar qilishga qaror qildi. Oldinga o'tib aytish lozim, bu o'zgarishlar ancha keskin ko'rinish oldi. Klubdan barcha legionerlar ketdilar, ularning o'rni mahalliy futbolchilar bilan to'ldirildi. “Temiryo'lchilar” safini himoyachi Evgeniy Gogol, yarim himoyachi Andrey Kojokar hamda hujumchi Vyacheslav SHevchenko tark etishdi. Ularning o'rniga himoyachilar Artyom Filiposyan hamda SHavkat Mullajonov, yarim himoyachi Dilshod Rahmatullaev va hujumchi Alisher SHog'ulomovlar taklif etildi. Avvalroq tajribali Aleksandr Geynrix ham “Lokomotiv” safiga o'tgan edi. “Temiryo'lchilar” bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan qilgan suhbatimiz asosan jamoadagi o'zgarishlar haqida bo'ldi.



- Vadim Karlenovich, yaqinda bergan intervyungizda legionerlar haqida salbiy fikr bildirgan edingiz. SHunga monand davralar oralig'ida jamoangizda birorta ham xorijlik futbolchi qolmadi. Bunga qanday izoh berasiz?


- Izoh juda oddiy: agarda legionerning saviyasi mahalliy futbolchinikidan baland bo'lmasa, uning jamoada bo'lishidan qanday mano bor? Afsuski, “Lokomotiv”da to'p surgan xorijlik futbolchilar biz kutgan o'yinni namoyish qila olmadilar va ular bilan xayrlashishga qaror qildik. Ayni vaqtda legionerlarning o'rni mahalliy futbolchilar bilan to'ldirilgan. Futbolimiz rivoji uchun ham mahalliy futbolchilarning ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishgani maqul. Legionerlarga kelsak, ularga aslo qarshiligim yo'q. SHunchaki hozir vaziyat shuni taqozo qildi.  Mening jamoalarimda har doim xorijlik futbolchilar bo'lishgan. Aytaylik, o'z vaqtida Kaxi Maxaradze ham qo'l ostimda o'ynagan edi. SHunday ekan, Lokomotivda hali legionerlarning o'ynashlari ehtimoli juda katta. Biz mahalliy futbolchilar bilan bir qatorda xorijlik o'yinchilarni ham o'rganib boramiz va klubimizni kuchaytira oladiganlarni albatta taklif etamiz.

- “Lokomotiv”dan boshqa legionerlar qatori rossiyalik Evgeniy Gogol ham ketdi. Bu futbolchini o'z vaqtida siz O'zbekistonga taklif etgan edingiz.


- Ha, o'sha vaqtlarda Gogol yaxshi saviyadagi, kuchli va yosh futbolchi edi. Evgeniy yurtimizga kelgan vaqtlarda ancha kuchli o'yin namoyish qilardi. Qator yillar davomida O'zbekiston chempionatida unga bo'lgan talab saqlanib turgani ham bunga isbot bo'la oladi. Biroq, ayni vaqtda Gogolning jismoniy va texnik holati biz kutgan darajada emas. SHu sababli ham u bilan shartnomani bekor qilishga qaror qildik. Bu futbol – unda har doim raqobat kechadi. Sal bo'shashsa kifoya, o'rningni boshqalar egallaydi. Evgeniy Gogol bilan ham xuddi shunday bo'ldi. Bu tabiiy hol.



- Klubga yana legionerlar taklif etilishi mumkinligi haqida aytdingiz. Mana shunday transferni yaqin vaqtlar ichida ko'rishimiz mumkinmi? Aytaylik, ikkinchi davra boshlangunga qadar...


- Bu haqda hozir aniq bir gap ayta olmayman. Barchasi bizga maqul keladigan, kuchli va sifatli futbolchining topilishiga bog'liq. Umuman olganda esa, ayni vaqtda jamoamiz tarkibi to'liq shakllanib bo'lgan. Barcha chiziqlarda o'zimiz istagan futbolchilarni jamladik. Biroq ulardan-da kuchliroq bo'lgan o'yinchi topilsa, nimaga endi uni taklif etmasligimiz kerak? Raqobat har qanday jamoani kuchaytirishi muqarrar. Biz selekciya ishlarini mudom davom ettiramiz va yangi futbolchilarning imkoniyatlarini o'rganib boramiz. Jamoaga mos keladiganlari topilgan taqdirda, ularga taklif bilan chiqishimiz aniq. Bu ham ish jarayonining bir qismi hisoblanadi.

- Jamoadan ketganlar o'rniga bir qator mahalliy futbolchilar tarkibga jalb etilishdi. Ular haqida nima deya olasiz?

- Biz besh nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladik. Men o'zim yaxshi taniydigan, imkoniyatlaridan to'liq boxabar bo'lgan o'yinchilarni jamoaga taklif etdim. Ular bilan jamoa oldiga qo'yilgan vazifani bajara olamiz, deb o'ylayman. Boz ustiga bu holat O'zbekiston futboli manfaatiga ham mos keladi, deb o'ylayman. Har holda mahalliy futbolchilar ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishgani durust.

- Legionerlar masalasiga qaytsak. Hozirda O'zbekiston chempionatida faqat Kaxi Maxaradze va Artur Gevorkyandan boshqa yaxshi o'ynayotgan xorijliklarni ko'rsatish qiyin. Arab davlatlarida esa ancha kuchli va yuqori saviyali legionerlar to'p suradilar. Ammo ular shu bilan birga qimmat futbolchi hisoblanadilar, ko'p maosh oladilar. Lokomotivning moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, yaqin vaqtlar ichida jamoada mana shunday legionerlarni ko'rish mumkinmi?



- Katta maosh oladigan har qanday futbolchini yaxshi legioner, demagan bo'lardim. SHuningdek kam maosh oladiganini ham yomon deyishga qarshiman. Legionerning saviyasi uning maoshiga qarab belgilanmaydi. Kam pulga ham xorijdan yaxshi futbolchi topsa bo'ladi. Arab mamlakatlarida o'ynayotgan futbolchilarni nomdor, desangiz, qarshiligim yo'q. Ammo hammasi ham olayotgan puliga yarasha o'yin ko'rsata olmayapti. Aksariyat arab klublari bir vaqtlar Evropa klublarida to'p surib, butun dunyoga tanilgan futbolchilarni jamoaga taklif etishni yaxshi ko'radilar. Ular esa katta pul talab qilishlari tabiiy. Ammo bunday transferlarning hammasi ham muvaffaqiyatli chiqavermaydi. To'g'ri, ular orasida yaxshi o'ynab ketganlari ham bor. Ammo ko'p hollarda Evropadan kelgan futbolchilar arab klublaridagi sharoit va muhitga ko'nika olmay, ilgarigi o'yinlarini namoyish qila olmaydilar. Oqibatda shuncha mablag' havoga sovuriladi. Biz albatta Lokomotivga kuchli legioner taklif etamiz, ammo u yaxshi futbolchi bo'ladi, yaxshi maosh oladigan o'yinchi emas. Bu borada ish olib borilmoqda. Jamoamiz mudom rivojlanish sari intilmoqda. Bu yo'l esa xorijlik futbolchilarsiz bo'lmasligi aniq. Biroq legioner - albatta katta maosh oladigan futbolchi bo'lishi shart emas. Kamroq pulga ham yaxshi xorijlik o'yinchi topsa bo'ladi.

- U holda savolni biroz o'zgartirsak. Bizda odatda MDH davlatlaridan legioner taklif etish rusum bo'lgan. Ammo ular ko'p ham o'zimizning futbolchilardan farq qilavermaydilar. O'yin uslubi, texnika va taktik fikrlash o'xshash bo'lgani sababli bunday legionerlar o'zbek futboliga rang-baranglik olib kira olmaydilar. Agarda Amerika, Afrika va Evropadan o'yinchilar taklif etilsa, balki o'zbek futbolchilari ulardan ko'proq narsa o'rgangan bo'larmidilar?


- Aslida mana shu fikrlash to'g'ri emas. Futbolchi o'sishi uchun kerak bo'lgan narsani o'ziga o'xshagan futbolchidan emas, murabbiydan o'rganishi lozim. Biz Afrika yoki Amerikadan yaxshi texnikaga ega, kuchli legioner chaqirishimiz mumkin. Ammo undan bizning futbolchilar nimani o'rganadilar? Nari borsa bir-ikki driblingnimi? Bunday narsani internet orqali ko'rib olsa ham bo'ladi. O'sha afrikalik futbolchilarga qaysi kuchli legioner kelib o'rgatib bergan, deysiz. Bizning futbolda murabbiylarning o'rni juda kam. Aslida hamma narsani u hal qilishi, hammasi murabbiyga bog'liq bo'lishi lozim. Legioner ham oddiy futbolchi. U ham xuddi mahalliy futbolchi singari murabbiyning talablarini bajaradi. Murabbiy talabni to'g'ri qo'ygan taqdirda, har qanday futbolchi kuchayishi turgan gap. Muhimi - murabbiy o'z ishini to'g'ri yo'lga qo'ysa bo'lgani, shunda o'sish bo'ladi. Aytaylik, biz Braziliya terma jamoasi himoyachisi David Luizni O'zbekistonga taklif qilaylik. U bizning futbolchilarga nimani o'rgatishi mumkin? Jarima zarbasidan to'p kiritishnimi? Murabbiy ishi to'g'ri yo'lga qo'yilgan taqdirda esa, bularning barchasini o'zlashtirish mumkin. Yaxshi murabbiyning qo'l ostida o'ynaydigan futbolchi albatta o'sishga erishadi. Masalan o'tgan yili Aleksandr Geynrix Qozog'iston chempionatining eng kuchli futbolchilari qatorida edi. Nima, bir yilda Sasha kuchsiz futbolchiga aylanib qoldimi? Yo'q, albatta. Geynrix hamon o'sha Geynrix bo'lib turibdi, ammo u o'ynayotgan jamoada va unga qo'yilayotgan talabda o'zgarish bo'lgan bo'lishi mumkin. Futbolda mana shu narsalar katta ahamiyat kasb etadi.



- O'zbekiston chempionati birinchi davrasi yakuni borasida qanday fikr bildira olasiz? Klubingiz dastlab o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qila olmadi. Ammo keyinchalik avval ikkinchi o'ringa, so'ngra esa birinchi o'ringa ko'tarilishga erishdi. Demak, jamoangiz bir maromda o'sishda davom etmoqda.

- Agarda mavsum boshidanoq ishlarimiz yaxshi bo'lganida, meni klubga taklif qilmagan bo'lardilar. Bularning barchasi tabiiy jarayon, deb o'ylayman. Biz asta-sekinlik bilan o'yinimizni kuchaytirib bormoqdamiz. O'zbekiston chempionati juda qiziqarli kechmoqda. G'oliblik uchun to'rtta jamoa kurash olib bormoqda va ularning har birida hali katta imkoniyat bor. Bu esa musobaqaning qiziqarli bo'lishini taminlaydi. SHaxsan o'zim uchun O'zbekiston chempionati qiziq kechmoqda. Mavsumning hal qiluvchi pallasi yaqinlashib kelyapti. O'zbekiston kubogi finalida o'ynashimiz kerak va milliy chempionatda muhim uchrashuvlarda maydonga tushamiz. Ko'ramiz, shu vaqtga qadar olib borgan ishlarimiz o'z oldimizga qo'yilgan vazifani uddalashimiz uchun etarli bo'larmikan?

- Ikkinchi davrada bo'ladigan kurash haqida nima deya olasiz?

- Oson bo'lmaydi. Hamma jamoa ham chempion bo'lishni istaydi. SHunday ekan, ikkinchi davrada ham keskin kurash bo'lishini kutmoqdamiz. Ayniqsa Lokomotivga qarshi kechadigan o'yinda hamma ham bor kuchini maydonga tashlaydi. Bu tabiiy hol. Etakchilarga qarshi bo'ladigan uchrashuvlar boshqa jamoalar uchun alohida ahamiyatga ega bo'ladi. Bu holat esa o'z navbatida O'zbekiston chempionati kuchayishiga sabab bo'ladi. Ilgari ichki birinchiligimizda keskin va shiddatli o'tadigan o'yinlar barmoq bilan sanarli bo'lardi. Hozir esa hatto autsayder jamoa ham etakchiga keskin qarshilik ko'rsatishi mumkin. G'oliblikka davogarlar soni ortgani esa, ular o'rtasida kechadigan uchrashuvlarning qiziqarli o'tishini taminlaydi. Menimcha O'zbekiston chempionati o'yinlari ancha tomoshabop bo'lib bormoqda.

- Milliy chempionatimiz oxirgi yillarda o'sishga erishmoqda, bunga shubha yo'q. Ammo baribir hali chempionatimizni ko'ngildagidek deyishga til bormaydi. Sizningcha, buning sababi nimada?


- O'zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun juda ko'p ishlar amalga oshirilmoqda. Buning samarasini hozirdanoq ko'rish mumkin. Ammo hali qilinadigan ishlar ko'pligini ham inkor etib bo'lmaydi. Masalan, shaxsan o'zimni murabbiy sifatida oliy ligada bo'lib o'tadigan 26 ta o'yin qanoatlantirmaydi. Buncha uchrashuv bilan qanday qilib o'sishga erishish mumkin? Evropa mamlakatlariga qaraydigan bo'lsak, u erdagi klublar bir mavsum davomida 70 tagacha o'yinda ishtirok etishini ko'rishimiz mumkin. Biz esa O'zbekiston kubogi bahslarini qo'shib hisoblaganda ham bu borada maqtana olmaymiz. Mana endi o'zingiz bir o'ylab ko'ring, bir jamoa tarkibida 25 nafar futbolchi bo'ladi, maydonga esa faqat 11 nafari tushishi mumkin. Bunday sharoitda qanday qilib futbolchilarimiz o'sadi? Axir tajriba to'plash uchun maydonga tushish kerakmi? Menimcha O'zbekiston futbolida mana shu muammoni bartaraf etish uchun harakat qilish lozim.

Manba. “InterFUTBOL” gazetasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика