So’nggi yangiliklar

19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  1 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1 18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  2 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  1 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  5 16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  1 15:50Саудия Арабистони гранди Брунуга йирик битим таклиф этмоқда  4 15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  5 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  4 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  11 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  7

Vadim Abramov: "Ertaga tarkibda o'zgarishlar bo'ladi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Ertaga tarkibda o'zgarishlar bo'ladi"

OCHL "C" guruhi 2-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Fulad" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Vadim Abramov hamda jamoa etakchisi Temur Kapadze ishtirok etishdi.
- Ertaga birinchi o'yin bilan solishtirganda tarkibda o'zgarishlar bo'ladimi?
- Ha, albatta. Ertangi bahsda bazi o'zgarishlar bo'ladi. "Lokomotiv" hali OCHLda g'alaba nashidasini surmagan va biz ilk g'alabani qo'lga kiritishni istaymiz.

- Darvozabon borasida qaror qabul qilib bo'ldingizmi?
- Ha, bu borada yakuniy to'xtamga keldim.

- Jamoa ertangi muhim o'yinga tayyormi? Yo'qotishlar yo'qmi?
- Jamoa o'yinga tayyor. Barcha futbolchilar maydonga tushishga shay holatdalar.

- "Fulad" to'qqiz o'yindan buyon OCHLda mag'lubiyatsiz o'ynab kelmoqda. Ertaga "Lokomotiv" ushbu seriyaga chek qo'ya oladimi?
- Rahmat, bu malumot haqida bilmasdik. Biz ham hali OCHLda g'alaba qozona olganimiz yo'q. Ertaga shu ananalarni buzishga harakat qilamiz.

- "Fulad" bilan bo'ladigan o'yinda siz uchun eng muhimi nima?
-
Eng asosiysi birinchi bo'lib gol urib olishimiz kerak. "Lokomotiv" tezroq o'zining ilk g'alabasini nishonlashi kerak.

- Fozil Musaev hozirda Eron chempionatida to'p surmoqda. "Fulad" jamoasi haqida undan malumot olishga urinib ko'rdingizmi?

- Hozirgi zamonda u bilan bemalol telefonlashib, bog'lanishimiz mumkin. Lekin men Fozil Musaev "Fulad" jamoasi haqida bizdan ko'proq malumotga ega deya olmayman. U shunchaki "Fulad" jamoasi geografik joylashuvi haqida bilishi mumkin. SHu bois unga sim qoqib, nimanidir bilishga oshiqmadik. Agarda u "Fulad"da o'ynaganida ham biror narsani so'rasak bo'lardi.

Temur Kapadze
: Eron jamoalari deyarli bir xil o'ynashadi. Ular jismonan ancha kuchli raqib hisoblanishadi. Birinchi o'yinda yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. "Al Hilol" bilan bo'lgan o'yindagi mag'lubiyatni unutganmiz va bor diqqat-etibor "Fulad" bilan bo'ladigan o'yinga qaratilgan. Umid qilamanki, ertaga muxlislarga g'alabani taqdim etamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика