So’nggi yangiliklar

00:55Моуринью 2010 йилда "Интер"нинг "Барселона" устидан қозонган ғалабаси ҳақида: "Ўша воқеани тасвирлаши мумкин бўлган сўз йўқ"  2 00:50Кафу Рафинья ҳақида: "У билан "Олтин тўп" учун рақобатлаша оладиган ўйинчиларни кўрмаяпман"  2 00:09Рафинья: "Мен Италия терма жамоасида ўйнашга жуда яқин келганман"   3 23:09"Интер"нинг муҳим футболчиларидан бири "Барселона"га қарши ўйнамайди  3 22:47"Олимпик" "ФарДУ"ни таслим қилган баҳсдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:33ЛаЛига жамоаси футболчиларининг бутса ва қўлқопларини ўғирлаб кетишди. Машғулот бекор қилинди  2 21:30БАА. Азизбек Ғаниевнинг голи туфайли "Ал Батеҳ" 3 очкони қўлга киритди  7 21:03Педру Морейра "Пахтакор"ни тарк этди  57 20:54Дани Алвес медиалига клуби билан музокаралар олиб бормоқда  2 20:38"Европа Лигаси ғолиби ЕЧЛ йўлланмасига эга бўлмаслиги керак" — Арсен Венгер  10 20:13Мирко Йеличич: "Ўзбекистонда "тоза" ва техник футбол намойиш этишмаётганидан хафаман"  3 19:59Кейн уддалади, улар эса йўқ. Ҳеч қандай совринсиз қолган олти юлдуз (мутолаа учун)  7 19:32Сергей Лебедев: "Ҳакамлар устидан шикоят ёзаман"  18 19:20Бирга-бир вазиятларда жамоасини қутқарган посбон, хет-трик қайд этган футболчи, жамоаси камбэк қилган мураббий — Суперлигада 8-турнинг энг яхшилари  8 19:06Про лига. "Олимпик" "ФарДУ"ни 1 тўп фарқи билан мағлуб этди  4

Vadim Abramov: "Bunday sharmandalik uchun muxlislardan kechirim so'rayman" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bunday sharmandalik uchun muxlislardan kechirim so'rayman"

Doha, 17 mart - "Al-Sadd" va "Lokomotiv" o'rtasida kechgan, ayanchli o'yin o'z nihoyasiga etgach, Vadim Abramov matbuot anjumaniga tushkun kayfiyatda kirib keldi.
O'yin haqidagi taassurotlar borasida so'ralganda, "bunday hunuk o'yin bo'yicha tafsilotim yo'q, bevosita savollarga o'tsak bo'ladi", - deya javob qaytardi Abramov.

- "Jamoangiz bilan nima sodir bo'ldi, uchrashuvni ancha tetik boshlagan edingiz", - deya savol bilan yuzlandi "beIN Sports" muxbiri.

- "O'yin bunday tus olishini tushimda ham ko'rmagandim. Avvallambor "Al-Cadd"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bizning o'yinga kelsak, yigitlarimiz huddiki birinchi bor maydonga tushganday o'zini yosh bolalardek tutishdi. Kerakmas joyda penalti ishlandi, shundan so'ng o'yin tizgini qo'ldan ketdi. Bu vaziyatni hali chuqur o'rganishga to'g'ri keladi. SHarmandalarcha yutqazdik, uyalganimdan yuzim shuud bo'ldi. Muxlislardan bunday alamni boshlaridan kechirganlari uchun kechirim so'rayman. O'zimni va jamoamni oqlash uchun, hech qanday sabab yo'q", - deydi Abramov.

- Nima sababdan, Mullajonovni (uchinchi raqamdagi o'yinchini), markaziy himoyachini olib tashlab, o'rniga yarim himoyachini tushirdingiz?
- "O'yinchi unga qo'yilgan vazifani amalga bajarmagach, maydonni tark etishi kerak. Biroq, Raxmatullaev ham himoya chizig'iga yordam berib, tezroq hujumga kirishish uchun qo'yildi. Hujumkor o'yin namoyish qilib, oldinga chiqib olishimiz kerak edi shuninig uchun bu qarorga kelgandim, ammo bu futbol, har doim ham biz o'ylaganday bo'lmaydi".

- Hakamlik haqida fikringiz?
- Hakamlarni baholash uchun inspektor bor, bu uning ishi. Biroq, OFK hakamlarni tanlaganida ularning professionalligiga ko'proq etibor bersa yaxshi bo'lardi. Uquvsiz va etiborsiz hakam butun o'yinni sindirishi mumkin.

- Guruhdan chiqish uchun imkoniyatingizni qanday baholaysiz, hali ham umid bormi?

- Umid hamisha bor, biroq men keyingi o'yinlar haqida emas, aynan shu o'yin bo'yicha javob berish uchun keldim. Nima ham derdim, omad yuz o'girdi, o'yinimiz o'xshamadi. Uyat.

Matbuot anjumanini tugatib, stadiondan chiqib ketayotgan Abramovni uning kasbdoshi, Bora Milutinovich kutib oldi. Hozirgi kunda Milutinovich, Iroq terma jamoasiga murabbiylik qilib, Dohada yashab kelmoqda.

Milutinovich standionga o'yinni tomosha qilgani kelgan ekan. Vadim Abramovga dalda bo'lar ekan, Bora "yigitlaring nimalar qilyapti o'zi Vadim", - deya kinoya bilan gapirdi.

Ikki kasbdosh 10 daqiqa davomida iliq gaplashib, bir birlariga omad tilab, tarqalishdi. Biz Bora Milutinovichdan vaziyatdan foydalanib blic intervyu olishga muvaffaq bo'ldik. Tafsilotlarni saytimizda kuzating.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика