So’nggi yangiliklar

10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  4 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  2 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  3 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  3 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  9 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  12 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  13 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4

Vadim Abramov: "Bugun ham yaxshi o'ynadik, ham g'alaba qozondik" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bugun ham yaxshi o'ynadik, ham g'alaba qozondik"

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Qizilqum" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. "Qizilqum" yaxshi jamoa. Birinchi bo'lim biz uchun ko'ngildagidek o'tdi. Ikkita imkoniyatdan unumli foydalandik. Ikkinchi bo'limda hisobdan kelib chiqib o'ynadik. Qarshi hujumlarda vaziyat yaratishga harakat qildik. 2:0 hisobida g'alaba qozonish yoqimli albatta.

- Bu jamoaning mavsum davomidagi eng yaxshi o'yinlaridan birimi?

- Bazan yaxshi o'ynab turib ham natija bo'lmasligi mumkin. Bugun yaxshi ham o'ynadik, natijaga ham erishdik.

- Navbatdagi turda "Olimpik" bilan o'ynaysizlar. Kojo Qirg'iz Respublikasi terma jamoasiga jalb etilishi mumkin. Bu jamoa uchun muammo bo'ladimi?

- Kojoning terma jamoa bilan rejalarini ko'rib chiqamiz. Bizda hozir faqat bu muammo bor emas. Ikki nafar himoyachimiz kartochkalar sabab o'yinni o'tkazib yuboradi. Muxlislarga g'alaba tortiq etish uchun harakat qilamiz.

- OAVda Superliga o'yinlari yoritiladi. Bunda sharhlovchilar xatosi yoki shunga o'xshash sizga yoqmaydigan jihat bormi?

- Yo'q, hammasi joyida. Men bunaqa muammoga duch kelganim yo'q.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика