So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  1 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  11 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  13

Vadim Abramov Braziliya, Singapur va "zontik" haqida Yangiliklar

Vadim Abramov Braziliya, Singapur va "zontik" haqida

O'zbekiston terma jamoasi bugun Singapurga uchib ketganidan xabaringiz bor.

Kecha futbolchilarimiz "Jar" stadionida safar oldidan so'nggi mashg'ulotni o'tkazishgandi. Ushbu mashg'ulotdan keyin terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan suhbatlashdik.

- Navbatdagi raqib Singapur. Ular o'z maydonida ikkita bahsda yutqazishmadi, lekin safarda Saudiya Arabistoniga yirik hisobda yutqazishdi. Bu Singapur uy jamoasi ekanligini anglatadimi yoki Saudiya Arabistoni shunchalik kuchlimi?

- Har bir jamoa raqib imkon bergani darajasida o'ynaydi. Demak Saudiya Arabistoni shunday o'ynaganki Singapur yirik hisobda mag'lub bo'lgandir. Singapur Iordaniyada yig'in o'tkazgandi balki u erda ko'p qolib ketishgandir, balki iqlim boshqachadir, buni men bilmayman. Biz esa raqibni o'rganayapmiz va ularni hurmat qilamiz. Muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. G'alaba qozonish kerakligini bilamiz va o'yinga jiddiy munosabatda bo'lamiz.

- Yaman bilan bahsdan oldin ularni "doska"da mag'lub etdik degandingiz, maydonda ham yutdik. Singapurni "doska"da mag'lub etdikmi?

- "Doska"da menimcha hammani yutib bo'lganmiz. Agar Braziliyani bo'lsa ularni ham yutamiz. Faqat maydonda yutish boshqa, ha. Futbolchilar ko'rsatmalarni qanchalik tushunishganini o'yindan keyin bilib olamiz.



- Mashg'ulotlarni kuzatish jarayonida ko'rdikki Yaman bilan bahsdagi tarkibda bir-ikkita o'zgarish bo'ladi. SHundaymi?

- Yo'q, mashg'ulotlarda ko'rgan tarkibingiz asosiy tarkib emas. Futbolchilarga shunchaki "jiletka"larni kiydiramiz va tayyorgarlik ko'ramiz. Yigitlar qanday "jiletka"da tayyorgarlik ko'rishining ahamiyati yo'q.

- Olimpiya terma jamoasi bilan nazorat bahsida so'nggi 20 daqiqada uch himoyachi bilan o'ynagandik, ertaga ham shunday taktikada o'ynashimiz mumkinmi?

- Umid qilamanki bunga hojat qolmaydi. Bu o'yin paytida natijaga erisha olmayotgan paytdagi zaxira varianti.

- Terma jamoa Singapurga o'yindan bir kun oldin kechki payt etib boradi va rasmiy mashg'ulot o'tkazilmaydi. Bu bizga pand bermasmikin?

- Menimcha bu xalal bermaydi. Biz Toshkent vaqti bilan yashaymiz. O'yin kuni ertalab kichik mashg'ulot o'tkazamiz.

- O'yin bo'ladigan kun Singapurda yomg'ir yog'ishi kutilayotgan ekan. Bunga tayyormisizlar?

- Ob-havo qanday bo'lishi bizga bog'liq emas, uni o'zgartira olmaymizku. Yomg'ir yog'sa demak o'zimiz bilan soyabon (zontik) olamiz (kuladi).


Narzulla Saydullaev suhbatlashdik


Reyting: +116   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика