So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  2 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  3 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Vadim Abramov: "Bizda beriladigan maosh va sharoitlarga yarasha futbolchilar bor" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bizda beriladigan maosh va sharoitlarga yarasha futbolchilar bor"

Coca-Cola Superligasi 20-turidan o'rin olgan "Bunyodkor"-"Andijon" (6:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.





- Bunday o'yinlar ham bo'lib turadi. "Lokomotiv"dan qabul qilib olingan alamli mag'lubiyatdan keyin bugun yutdik. O'sha o'yinda gol ura olmagan edik, bugan gollarimiz soni ko'p bo'ldi. Vaziyatlardan foydalana olmaslik qiynayapti. Xursand qilgan jihat shundaki, "Andijon" ham hujumkor o'yin ko'rsatdi. 

"Bunyodkor" "chuqur"da emas edi. Bunaqa omadsiz o'yinlar uchrab turadi. "Lokomotiv" bilan bahsda o'z imkoniyatlarimizdan foydalanganimizda hisob boshqacha bo'lishi mumkin edi. CHetdan qaraganda jamoa qanday o'ynayotgani ko'rinadi-ku?! Evropaning nomdor klublari ham mag'lubiyatga uchrab turadi. Bu qo'rqinchli emas.

O'zbekiston kubogini qanday formatda davom etishini bilmayman. Ushbu turnirda barcha jamoalar qatnashadi. Balki, jamoalar sonini qisqartirish hisobiga olimpiya tizimida o'tkazish yaxshiroq. Lekin, kubok bahslari qanday formatda o'tishidan qatiy nazar bizning vazifamiz munosib ishtirok etish.

Mirjahon Mirahmadov jarrohlik amaliyotidan so'ng ko'p o'yinlarni o'tkazib yubordi. Uning holati ruhiyat bilan bog'liq bo'lishi mumkin. 

Mavsum boshida OCHLda ishtirok etayotgan edik. SHu sababli tarkibni to'ldirdik. Bizga futbolchilar jamoa darajasida emasligini aytishadi, lekin beriladigan maosh va sharoitlarga yarasha futbolchilar bor.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика