So’nggi yangiliklar

12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  0 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  2 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  2 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  3 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  6 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  5 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  1 07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  1 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  6 02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  1 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0

Vadim Abramov: "Barchasiga o'zimiz aybdormiz" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Barchasiga o'zimiz aybdormiz"

Teglar :  Vadim Abramov
Pro liga 9-turi doirasidagi Dinamo - Qo'qon-1912 (3:3) uchrashuvidan keyin dastlab Vadim Abramov o'yin borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin davomida 3:1 hisobida oldinda borayotib, o'yin oxirida 3:3 hisobini qayd etish yoqimsiz, albatta. Biz yomon o'ynadik. Yutqazishimiz ham mumkin edi. Barchasiga o'zimiz aybdormiz. Orada 20 kundan ortiq tanaffus yuzaga kelgani ham o'z tasirini ko'rsatdi. Axir, 20 kundan ko'proq o'ynamadik, yaxshi sport formasini saqlab qolish qiyin. Futbol shunisi bilan qiziq, endi xatoni tuzatishimiz shart. 


- Tanaffusdan keyin ketma-ket uchta o'zgarish bilan o'yinda o'zgarish qilindi – jamoa 3:1 hisobida oldinga chiqib oldi. Ammo so'nggi daqiqalarda aynan nima etishmadi?

- Hisob 3:1 bo'lganida shunchaki to'g'ri o'ynashimiz kerak edi. O'yinni tinchlantirishimiz va paslar orqali o'ynashimiz lozim edi. Biz esa xatolarga yo'l qo'ydik. Yosh o'yinchilar hissiyotga berilib, o'ynashdi. Raqibning standartlari bizga muammolar yaratdi. Har bir standart vaziyatidan keyin shoshma-shosharlikka yo'l qo'ydik. Biz standartlar bo'yicha raqibga yutqazdik. 


- «Lokomotiv» ham «Mashal» bilan durang qayd etdi...

- O'yin oldidan bu o'yin durang bo'lsa kerak, deb taxmin qilgandim. Kurash qizimoqda, ko'ramiz, buyog'i ham qiziq bo'ladi. 


Keyingi o'yinlarda tarkibda o'zgarishlarga qo'l uramiz. Bugun markaziy chiziq ko'p vaziyatlarni boy berdi. Xatolar esa noto'g'ri o'ynaganimizdan bo'ldi. 


- Tanaffusdan keyin qatorasiga o'zgarishlarga qo'l urdingiz. Asosiy tarkibni tanlashda xato qildim, deb hisoblaysizmi?

- Orada katta tanaffus yuzaga kelgani uchun tarkibni tanlash qiyin bo'ladi. CHunki mashg'ulotlarda ham barcha o'yinchilarni holati haqida aniq tasavvurga ega bo'lish qiyin. Men oxirgi o'yinlarda maydonga tushirgan tarkibni tushirgandim.


Jamoa shijoatidan qoniqdimmi? 3:3 hisobi muxlislar uchun qiziq bo'lishi mumkin, ammo biz hozirgacha turnirda faqat bitta gol o'tkazib yuborgan edik. Bugun esa 3ta qo'yib yubordik. Bu meni tashvishlantiradigan jihat. SHu holatda ham darvozabonimizni etirof etish kerak, Farhod Rahmatov ko'p vaziyatlarga darvozani goldan saqlab qoldi, - deydi Vadim Abramov o'yindan keyin.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика