So’nggi yangiliklar

10:23“Ливерпуль“ яна тўртта трансферни амалга оширмоқчи  3 09:57“Краснодар“ футболчисига МЮ ва ПСЖ қизиқиш билдирмоқда  1 09:30Неймар “Сантос“ билан янги шартнома имзолади. Унинг янги маоши маълум  1 09:01Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир чорак финалчи аниқланади  1 08:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўртоқлик учрашувида йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  3 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги нимчорак финалчилар маълум  6 07:21Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2 га тушириб юборилди  2 02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  16 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  1 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  4 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  1 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  2 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  1 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  9 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  1

Vadim Abramov avliyomi yoki telba? Yangiliklar

Vadim Abramov avliyomi yoki telba?

Vadim Abramovning faoliyatini kuzatganlar yaxshi bilishadiki, u syurprizlarni juda yoqtiradi.

SHu tufayli boshqalar uchun kutilmagan qarorlar chiqarishdan charchamaydigan mutaxassis futbolimiz uchun yil o'yiniga aylanishi kutilayotgan Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda ham tarki odat qilolmadi. 

Saudi Arabia

Salman Al-Faraj - 25', Salman Al-Faraj - 33', Ali Al-Hassan - 52'

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. D . 10-tur

16/06/2021, 00:00

0
:
3
Tugadi

Uzbekistan

Stadion: 6339 tomoshabin

45'
90'
25'  Salman Al-Faraj
33'  Salman Al-Faraj
41'  Abdullah Otayf
52'  Ali Al-Hassan
53'  Ali Al-Hassan (Sami Al-Najei)
64'  Saleh Al-Shehri (Firas Al-Buraikan)
67'  Salman Al-Faraj
78'  Abdulrahman Ghareeb (Saud Abdulhamid)
78'  Hassan Tambakti (Mohammed Al-Khabrani)
90'  Fahad Al-Muwallad
90'  Saud Abdulhamid
90'  Sultan Al Ghanam
53'  Odildzhon Khamrobekov (Oybek Bozorov)
53'  Ibrokhimhalil Yoldoshev (Ikrom Alibaev)
53'  Vagiz Galiulin (Dostonbek Khamdamov)
80'  Odil Akhmedov (Islom Tuhtahujaev)
80'  Dostonbek Khamdamov (Ikramov Farrukh)
90'  Otabek Shukurov

Uchrashuv startiga qadar juda ham oz fursat qoldi. Balki, siz ham o'yin uchun tanlangan tarkibni ko'rib hayron qolgandirsiz.

O'zbekiston: 12. Sanjar Quvvatov – 23. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 5. Rustam Ashurmatov, 9. Odil Ahmedov, 3. Hojiakbar Alijonov – 6. Odil Hamrobekov, 7. Otabek SHukurov, 13. Oleg Zoteev, 10. Jaloliddin Masharipov, 18. Vagiz Galiulin – 14. Eldor SHomurodov.

O'zbekiston milliy terma jamoasining bugungi tarkibiga nazar solsak, murabbiyning bir nechta original qarorlariga guvoh bo'lamiz.

1. Odil Ahmedov himoyada 

Ha, asl ampluasi yarim himoyachi bo'lgan sardorimiz bugun mudofaa chizig'ida harakatlanadi. Abramov namanganlik futbolchini oldin ham bir necha bor himoyada o'ynatgan va bu qarorini o'zbek futbolida birinchi pasni yaxshi darajada uzata oladigan himoyachilarning yo'qligi bilan izohlaydi. Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoniga qarshi Toshkentda o'tgan birinchi davra o'yinida ham Abramov markaziy himoyada Ashurmatov - Ahmedov tandemidan foydalangan (o'shanda 3 ta gol o'tkazib yuborganmiz).

2. Oleg Zoteev — vinger

Muxlislar fulbek sifatida taniydigan Oleg Zoteev so'nggi yillarda faqat himoyaning chap qanotida harakatlanayotgan edi. Ammo, Abramov uni saudiyaliklarga syurpriz qilish uchun trkibga jalb qilgan ekan. Unutganlarning yodiga solmoqchimiz, samarqandlik o'yinchi futbolga yarim himoyachi sifatida kirib kelgan. Vadim Karlenovich 2012 yilgi Olimpiada saralashida undan aynan shu poziciyada foydalangan edi.

Malumot uchun, Oleg Zoteev joriy mavsum "Sonnam" tarkibida yarim himoyachi sifatida harakatlanayotgan edi. Uning hisobida 13 o'yinda bittadan gol va golli uzatma bor.

3. Masharipov...

So'nggi 2 yilda Eldor SHomurodovning faoliyatida juda katta progress kuzatildi. Surxondaryolik futbolchi bilan o'yin va hujumdagi liderlik masalasida talashishi mumkin bo'lgan yagona vakilimiz — Jaloliddin Masharipov. Xorazmlik futbolchi o'zi o'ynaydigan klublarda ham, terma jamoada chap qanotning haqiqiy sohibiga aylanadi. Uni boshqa poziciyada tasavvur qila olmasdik, toki bugungi tarkibimiz elon qilinguniga qadar. Abramovning mazkur qarori nafaqat bizga, balki Jaloliddinning o'ziga ham syurpriz bo'lgandir. Evre Renarni-ku aytmay qo'ya qolaman...

4. Galiulin yana asosiy tarkibda...

Milliy jamoaning kengaytirilgan tarkibi elon qilinganda "Nefteximik" vakili faqat ko'rik uchun kelgan, Ar Riyodga olib ketilmaydi, deganlar etarlicha edi. Yo'q, Abramov uni eng asosiy o'yin uchun tanlagan ekan. Umid qilamizki, Vagiz murabbiyning ishonchini oqlaydi.

Malumot uchun, Vagiz Galiulin terma jamoaning asosiy tarkibida so'nggi bor bundan 9 yil oldin Quvaytga qarshi bahsda maydonga tushgan edi.

P.s. Abramovning yuqoridagi qarorlarini 3 soat oldin ham tasavvur qila olmasdik. Eng asosiy bahs uchun bunday tavakkal qilishga uncha-muncha odamning jasorati etmaydi. Xalqimiz orasida malum toifadagi odamlar haqida shunday gap yuradi: Uning telba yoki avliyoligini farqlab bo'lmaydi. Umid qilamizki, Vadim Abramov yakunda avliyo bo'lib chiqadi...

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: -69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика