So’nggi yangiliklar

01:43Фламарион нима сабабдан кўп ўйинларда қайдномага киритилмагани ва Габриэль Жезус билан муносабати ҳақида гапирди  0 01:38Азим Аҳмедов: "Навбаҳор"нинг биринчи даврадаги иштирокини 7-8 баллга баҳолаган бўлардим"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Биз ҳали чемпионлик пойгасини тарк этмадик. Абдиҳолиқов 100% ҳал бўлди"  1 01:23Сергей Лушчан: "5-8та гол ўтказиб юбормаганимиз яхши бўлди. Таркибимиз ўзгармаяпти"  1 01:19Сардор Собирхўжаев: "Бу ўйинда қайси жамоа биринчи гол урса, ўша ғалаба қозонарди"  0 00:58Рўзиқул Бердиев: "Бугунги ўйинда фақатгина ВАР бўлмагани баҳсли вазиятга айланди"  11 00:40Алишер Одилов: "Голим ҳисобланганда, ўйин бошқача бўларди. Буёғи ҳакамнинг виждонига ҳавола"  10 23:32"Барселона" яна Рэшфорд билан музокараларни бошлади  5 22:35Рэшфорднинг келажаги бўйича музокаралар келаси ҳафта бўлиб ўтади. Маркус МЮ ва Аморимнинг режаларига кирмаслигини қабул қилди  7 21:59Суперлига. Пешқадам "Насаф" Самарқандда жанговар дуранг қайд этди  110 21:57Суперлига. "Пахтакор" гол инобатга олинмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  216 21:41"Ал Ҳилол" Тео учун 20+5 млн евро таклиф қилди. "Милан" 25 млн олмоқчи  6 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  7 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  6 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  12

Vadim Abramov: "Agar "Milan" yoki "Real"dan qiziqish bo'lsa futbolchilarni ushlab o'tirmaymiz" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Agar "Milan" yoki "Real"dan qiziqish bo'lsa futbolchilarni ushlab o'tirmaymiz"

Bugun “Lokomotiv” PFK qarorgohida jamoaga yangi kelgan futbolchilarni tanishtiruv marosimi hamda ushbu futbolchilar va bosh murabbiy ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Tadbirda shuningdek, “Lokomotiv” PFK jamoa boshlig'i Qobil Yunusov hamda klub bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramovlar ham ishtirok etishdi.

Dastlab jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov klubdagi selekciya ishlari borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“O'z safimizga qo'shib olishni istagan barcha futbolchilar taklifimizga rozilik berishdi. Selekciya ishlarimizdan ko'nglim to'ldi. Ikkinchi davra qay darajada to'g'ri yo'l tutganimizni ko'rsatib beradi” deb umid qilaman.

Undan so'ng Vadim Karlenovich jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

-  Transfer oynasi klub uchun yakunlandimi yoki biz yana boshqa o'zgarishlarni ko'rishimiz ham mumkinmi?

-  Futbol shunaqangi narsaki, ushbu “oyna” hech qachon yopilmaydi. Futbolda barcha narsa tezlik bilan o'zgaradi. Agar ertaga kimdirning o'ynagisi kelib qolmasa, yoki “Milan”, “Real” kabi jamoalardan futbolchilarimizga taklif tushib qolsa ularni majburan olib qola olmaymiz. Biz doimo klub uchun qo'limizdan kelgan ishni qilamiz. Lekin, etiborga molik yangiliklarni eshitishimiz ehtimoli kam. Yaxshi futbolchini esa hech kim rad etmaydi.

-  Klub so'nggi ikki yil ichida 30 ga yaqin yangi futbolchini o'z safiga qo'shib oldi. SHundan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, ushbu transferlardan ko'nglingiz to'ldimi? (Jamoa boshlig'i Qobil Yunusovga berilgan savol)

-  Aytib o'tganingizdek, biz ko'plab futbolchilarni ko'rikdan o'tkazdik, jamoaga jalb qildik. Ayni paytda jamoamiz oldiga katta vazifalar qo'yilgan. Rahbariyat tomonidan oldimizga O'zbekiston chempioni bo'lish vazifasi qo'yilgan. SHu sababli, bosh murabbiyimiz tomonidan so'ralgan futbolchilarni imkon boricha o'z safimizga qo'shib oldik.

-  Mana shunday transfer siyosatini necha yil olib borish mumkin deb o'ylaysiz?

-  CHempion bo'lganimizdan so'ng oldimizga bundan-da kattaroq vazifalar qo'yiladi. CHempionlar Ligasida ham munosib ishtirok etishni maqsad qilganmiz. Agar temiryo'l sohasidan xabaringiz bo'lsa, poezdning eng avvalida Lokomotiv yurishi zarur. Jamoamizning siyosati ham shunday. Biz ham futbolda birinchi bo'lmoqchimiz.

-  Agar “Lokomotiv” va “Paxtakor”dan futbolchilar Osiyo o'yinlariga olib ketiladigan bo'lsa “Bunyodkor”da o'ziga xos ustunlik yuzaga kelishi mumkin...

-  Umid qilamizki, O'FF hamda PFL bu borada bizga yordam beradi. CHunki, biz ham o'z futbolchilarimiz orqali terma jamoaga yordam berishga harakat qilamiz. Balki, o'yinlar boshqa muddatga qoldirilar.

-  Birinchi davra yakunlariga ko'ra jamoangiz uchun eng qiyin bo'lgan o'yin qaysi deb hisoblaysiz? (Bosh murabbiyga berilgan savol)


-  Men jamoani qabul qilib olgan vaqtimda deb o'ylayman. Futbolchilar jamoadagi tarkib o'zgarishi davrida ko'nikib olish uchun biroz qiynaladilar. Umuman olib aytadigan bo'lsak, har bir o'yin qiyin o'tdi. Aynan bitta o'yinni ajratib ko'rsatish qiyin. Agar qaysidir o'yinni aytish kerak bo'lsa, “Nasaf”ga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvni aytib o'tgan bo'lardim. Ularda ajoyib jamoa bor. Ushbu jamoaga qarshi o'ynash qiyinchilik tug'dirdi.

-  Birinchi davrada jamoaga bir qancha legionerlar taklif qilindi. Ular talabga javob bera olishdimi? (Jamoa boshlig'iga berilgan savol)

-  Ha, legionerlar bilan ishladik. Ular qishki yig'inimizda qatnashishdi, murabbiylarda yaxshi tassuroot qoldirishdi. U paytda bosh murabbiy boshqa edi. Futbolchilar ham aynan o'sha murabbiyning o'yin uslubiga mos edi. SHu sababli ular bilan shartnoma imzolab, jamoamiz azosi sifatida ro'yxatdan o'tkazgandik. Lekin keyinchalik murabbiy almashganidan so'ng yangi bosh murabbiyning o'yin uslubiga to'g'ri kelmagani uchun ushbu futbolchilar bilan xayrlashishga qaror qildik.



-  Bunday holatni ko'p ko'ramiz. Yani, doim futbolchilar taklif etiladi, ammo ular o'zlarini ko'rsata olishmaydi...

-  O'yinchilar taklif qilinganda ular bilan o'rtoqlik uchrashuvlardagi harakatlariga asosan kelishuvga erishiladi. Avvaliga yaxshi o'yin ko'rsatishdi, talabga javob berishdi. Ammo keyin ob-havo o'z tasirini o'tkazdi. Havo salqinroq paytda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Kunlar isib ketgani sababidanmi, o'z o'yinlarini namoyish eta olishmadi. SHu sababli legionerlar bilan xayrlashdik.

-  Avstriyadagi yig'in vaqtida “Loko”ning “Borussiya” Dortmund jamoasiga qarshi o'yin o'tkazishi haqida xabar qilindi. Keyin esa ushbu klubning yoshlar jamoasiga qarshi bahs o'tkazildi. Asosiy tarkib bilan o'ynashga kelishib olinganmidi yoki...

-  Xa, biz “Borussiya”ning ikkinchi jamoasiga qarshi maydonga tushdik. Lekin ishoning, bu jamoaga qarshi o'ynash asosiysiga qaraganda qiyinroq ekan. CHunki u erdagi yoshlar asosiy tarkibga kirish uchun jon-jahdlari bilan harakat qilishadi. Ushbu o'yinni televideniega taqdim etganmiz. Balki ko'rganingizdan so'ng o'zingiz ishonch hosil qilarsiz. Biz umuman “Borussiya D” bilan o'ynashga kelishib olgandik. Yakunda esa ular ikkinchi tarkib bilan bizga qarshi maydonga tushirishga qaror qilishdi. Asosiy tarkib futbolchilari esa “Gerta” bilan o'ynashdi. Bu ham o'zbek futbolchilariga bo'lgan munosabat...


Aziz To'xtamurodov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика