So’nggi yangiliklar

08:05Футзал бўйича ЖЧ 1/8 финал. Хорватия ва Таиланд мағлубиятга учрашди, Таиланд бош мураббийига ўйин тугагач қизил карточка кўрсатилди  0 08:01Саудия пролигаси. Роналду, Бензема гол урган баҳсда жамоалари ғалаба қозонишди  0 07:28Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  4 01:56Лига 1. ПСЖ "Ренн"ни қийинчиликсиз мағлуб этди, Барколадан дубль  1 01:43А Серия. "Милан" "Лечче"га қарши ўйинда 5 дақиқа ичида 3та гол урди ва ғалабага эришди  2 01:28"Барселона" яхши таклиф олса, Араухони сотиши мумкин. Клуб ва ҳимоячи "совуқ уруш" ҳолатида  0 01:20Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этди  0 01:03БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" "Бани Яс" билан дуранг ўйнади, Эркиновдан ассист  1 00:51Европанинг тўрт гранди 150 млн евролик Вирц учун даъвогарлик қилмоқда  2 00:16Миржалол Қосимов: "Чемпионлик масаласи ҳалми? Мўжиза бўлмайди дейишади, аммо ҳамма нарса рўй бериши мумкин"  3 23:43Александр Крестинин: "Иккала жамоа ҳам биттадан гол урди, лекин ОКМК ғалаба қозонди"  4 23:22"Локомотив" баёнот билан чиқди  1 22:30"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини "Жар" стадионида ўтказилади  11 22:05Абдесаммад Муҳаммад: "Франция ўз тарихида биринчи маротаба мундиалда иштирок этмоқда, аммо бизда қўрқув йўқ"  0 21:36Таиланд терма жамоаси аъзоси: "Франциялик футзалчилар бақувватроқ ва гавдаси йирикроқ эди"  0

Vadasida tura olmay, Jahon chempioni bo'lgan "Oltin to'p" sohibini xotirlaymiz Yangiliklar

Vadasida tura olmay, Jahon chempioni bo'lgan "Oltin to'p" sohibini xotirlaymiz

Xabaringiz bor, "Yuventus", "Milan", Italiya termasi yulduzi hamda barcha elita mukofotlari sohibi Paolo Rossi chorshanba kuni vafot etdi.

Uning faoliyatidagi eng omadli yil 1982 yil deb bemalol ayta olamiz — jahon chempioni va "Oltin to'p" sohibi bo'ldi.

Eng qizig'i, bu g'alabalardan 2 yil oldin Rossi Italiya futbolidagi birinchi yirik kelishuvlar mojarosiga aralashib qoladi va futbodan ikki yilga chetlashtiriladi. Voqealar rivoji aynan 1982 yil oldidan o'z nihoyasiga etadi. Rossining Jahon CHempionatiga borishi bu bir mo'jiza edi.


Suddan keyin termaga qaytmaslikka vada bergan. Ammo, lekin, biroq...

1980 yil Italiyada katta janjal boshlandi, u hozirda Totonero nomi bilan ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Barchasi V Seriya klublari mavhum kelishuvlarda ishtirok etadi degan mish-mishlardan boshlanib, Italiya policiyasining keng ko'lamli surishtiruv ishlari bilan nihoyasiga etgan. Tekshiruv jarayonida "Milan", "Lacio" (ular ligadan tushib ketadi), "Avellino", "Bolonya" va "Peruja" ko'p aziyat chekkan edi.

O'yinchilar turli yo'l bilan jazolangan. Kimdir diskvalifikaciya olgan (eng kamida 3 oy), yana kimdir qamoq muddatini o'tagan. Paolo Rossi esa ikkinchi toifaga kiritilgan.

Kelishilgan natija Rossi to'p tepgan "Peruja" va "Avellino" o'rtasidagi bahsga aloqador edi. Rejalashtirilgan natija — durang edi, lekin Rossi 2ta gol urishi kerak edi. Aytilgan hisob uchun Rossi bir haftalik maoshi miqdorida pora oladi va ishtiroki uchun bonusga ega bo'ladi. Ammo barcha sirlar fosh bo'lgach, italiyaliklar Rossidan qattiq darg'azib bo'lishadi. Muxlislar uning uyi yonida to'planib, baqir-chaqir qilib, haqorat qilishadi. "Peruja" rahbariyatidan esa shartnomani bekor qilishni so'rashadi. Ammo Rossi mamlakatning eng iqtidorli o'yinchilaridan biri edi. SHuning uchun "Peruja" bosslari sud qaroridan keyin ham o'yinchi bilan xayrlashishni istashmaydi. Aslida u "Peruja"ga ijara huquqlari asosida bir yilga kelgan edi. Asl jamoasi "Vichenca" esa quyi pog'onaga tushib ketgandi. SHu sababli, Rossi yuqoriroq darajaga chiqish va tajriba orttirish maqsadida yangi klubga o'tgandi.

Sud Paolo Rossini 3 yilga diskvalifikaciya qilib (apellyaciya sabab muddat ikki yilga qisqartirildi), bir necha oyga qamoqqa oladi.

Rossi qamalishidan oldingi oxirgi intervyusida shunday deydi: "To'g'ri, hammaga pand berdim. O'rtamizda natija borasida jentlmenlarcha kelishuv bo'lgandi. Natija barchani qoniqtirgandi. Barchasi qonun doirasida edi. Biroq ular meni jinoyatchiga chiqarishdi. Yana bir bor takrorlayman: hammaga pand berdim. Muddatim tugaganidan keyin ham endi hech qachon termaga qaytmayman. Agar o'yinim bunga loyiq topilsa ham, u erda endi menga joy yo'q".



Diskvalifikaciya paytida Rossi o'zi "Yuventus" bilan kelishuvga erishdi

CHetlatish paytida Rossi Italiya janubida uzumzor ochdi va vinochilik hamda uy xo'jalik ishlari bilan shug'ullandi. Taqiq unga professional jamoalar bilan mashg'ulot o'tkazish imkonini bermadi. SHuning uchun qamoqdan keyin bir muncha vaqt tug'ilgan shahri Rimda havaskorlar bilan o'ynab yurdi. Rossining diskvalifikaciyasi muddati 1982 yil may oyida tugadi. Biroq bundan bir yil oldin "Yuventus"ga o'tgani katta burilish bo'ldi.

Bu transfer — "Vichenca"ga berilgan kichik yordam edi. 1981 yil yozida klub barcha jamg'armalarini yo'qotib, qarzga botib qoldi. O'yinchilar yarim yil mobaynida maosh ololmadi, shu sababli Rossi transfer qilishga qaror qildi. Nomzodlar ko'p emasdi — "Roma", "Lacio" va "Yuventus", keyin esa Rossi yoshlik payti o'ta olmagan akademiyalari. "Roma" va "Lacio" milliondan ko'p bermasliklari va bu transferni 1982 yil yozidan oldin qilmasliklarini aytishdi. "Yuventus" esa 1,5 mln vada qildi (ammo Transfermarkt malumotiga ko'ra oxirida 1,75 mln bergan) va bir yil avval kelishuvga imzo chekdi (1981 yil).

Rossi esga oladi: "Men ikki hafta davomida har kuni Rimdan Turinga qatnaganman. CHetlatilgan vaqtimda ona shahrimda yashagandim, shuning uchun yo'l uzoq edi. "Vichenca"dan sport direktori men bilan birga borgan, ammo deyarli o'zim  muzokaralar olib borgandim. "Yuventus" chetlatilganimni ro'kach qilib, bir qancha vaqt mobaynida "Roma" va "Lacio"dan kamroq summa taklif qildi. O'shanda agar ko'proq bersa klubni chempion qilishga vada berdim. Ular rozi bo'lishdi. Men pulning bir centini ham olmadim, hammasini "Vichenca"ga berdim. Klub men uchun ko'p narsa qildi. Men ham bunga loyiq javob qaytarishni istadim".

"Yuve" yuristlari yuqoridagi shaxslarga so'rovlar yuborib, taqiqlash to'g'risidagi nizomda boshqa klubga o'tish haqida birorta gap-so'z yo'qligi haqida takidlashdi. Va bu ish berdi. Klub Rossini kutib olib, Turin atrofidagi uyni unga sovg'a qildi va bazada shug'ullanishiga imkon berdi. Biroq qonun-qoidalar sabab Rossi yolg'iz o'zi mashg'ulot o'tkazdi.


Rossi termaga boshqa qaytmasligi haqida qanday vadalar bergani yodingizdami? Unuting: shaxsan o'zi murabbiydan uni JCHga olib borishini iltimos qilgan

Rossining diskvalifikaciyasi Jaxon CHempionati-1982 boshlanishidan bir oy oldin yakuniga etdi. Bu haqida mundialdan oldin Italiya bilan ishlagan Enco Bearzot shunday deydi: "Biz yordamchilarimiz bilan kuzatdik va tushundik-ki, Rossi JCHga borish imkonini qo'ldan boy bermoqchi emas.

Kelasi kuni qo'ng'iroq bo'ldi: "Allo, bu Paolo Rossi. Murabbiy, sizdan iltimos, meni ham termaga oling". Men esa unga "Sen yaxshi formada emassan, qolaversa, termaga bormayman deya vadalar berganding-ku" dedim. Rossi javob berdi: "Men bularni hissiyotlarga berilgan vaqtimda aytib yuborgandim. Men Italiya bilan jahon chempioni bo'lishni istayman. Bu mening eng katta orzuim". Ochig'ini aytsam, u yakka o'zi yaxshi shug'ullanganiga shubham yo'q edi. Birinchi o'zaro mashg'ulotda fikrlarim to'g'ri ekanini angladim".


Paolo Rossi JCHga borganidagi uch davr

1. Umidsizlik. Rossi dastlabki uchrashuvlarda o'zini yaxshi tomondan ko'rsata olmadi va buning uchun Italiya OAVlari uni ayab o'tirmadi.
2. Muammolar yuzaga kelishi. Rossi nimalarni his qilayotganini tan oldi. Yomon fikrlardan chalg'ishi uchun unga Bearzot va yaqinlari yordam berdi. Peruga qarshi bahsda (1:1) Rossi gol urolmadi va uni birinchi taymdan so'ng almashtirishdi. Bearzot kelib, shunday dedi:

— To'xta va tayyorgarligingni ko'r.
— Nima? Nega? Men almashtirildim-ku?!
— Kelasi o'yinga.

Ikkinchi raundda Braziliya bilan o'yindan avval Rossiga eng yaqin do'sti marjon sovg'a qildi va bu unga brazillar darvozasiga 3ta gol urishida yordam berishini aytdi. Rossi sovg'ani qabul qildi va haqidatdan ham xet-trik qayd etdi.

3. Muvaffaqiyat. Rossi yarim finalda Polsha bilan uchrashuvda dubl qildi, finalda esa Germaniya darvozasini ishg'ol etdi.

"O'tgan ikki yil men uchun juda og'ir bo'lgandi. Meni qo'llab-quvvatlaganlarga katta rahmat. Insonlarga yaxshi o'rnak bo'lishga harakat qilaman — endi o'tmishda qilgan xatolarimni takrorlamayman".

Rossi turnirning eng yaxshi to'purari bo'ldi, ajoyib formaga ega bo'ldi va 1982/83 yilgi mavsumi boshida "Yuve"ning yangi ramziga aylandi. Va "Oltin to'p" sohibiga aylandi. Rossi nominaciya haqida shunday vaqtda bilgandi: "Dam olish kuni edi. Men Toskanadagi vino magazinimda ishlar qanday ketayotganini bilish uchun jo'nab ketgan edim. Qandaydir hujjatlarni ko'zdan kechirayotgan vaqtimda, "Yuventus" xodimlaridan biri menga qo'ng'iroq qildi va dedi: "Paolo, zudlik bilan Turinga qaytishing lozim. Ertaga "Oltin to'p" taqdirlash marosimiga boramiz. Seni nomzoding qo'yilibdi". Buni eshitib aqldan ozayozdim. O'sha zahoti mashinaga o'tirib, jo'nab ketdim".


Qamoqdan chiqib, jahon chempioni bo'lgan "Oltin to'p" sohibi 


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика