"UzDongJu" Yangi yil bayramini o'tkazdi
25 dek 2014 19:56
Yangiliklar

"UzDongJu" Yangi yil bayramini o'tkazdi
Andijon shahrida joylashgan "UzDongJu-Paint Ko" lak-bo'yoq ishlab chiqarish zavodi kecha Yangi yil tadbirini o'tkazdi.
SHahardagi "Toshkent-Premium" to'yxonasida bo'lib o'tgan tadbirda bu yil birinchi ligada 5-o'rinni egallagan "UzDongJu" futbol klubi sharafiga ham ziyofat dasturxoni yozildi.
Ushbu kechada ishtirok etish uchun taklif olganimizdan so'ng, manzil tomon yo'lga chiqdik. Tadbirda zavodning ishchi xodimlari va futbolchilar ishtirok etdi. SHu boisdan ham soat 12:00da boshlangan bayram naqd 5 soat davom etdi. Unda xushkayfiyat ulashuvchi turli o'ziga xos kichik musobaqalar tashkil etilib, ishtirokchilar munosib sovg'alar bilan taqdirlandi.
Taniqli sanatkor SHirin Mamatova o'zining diltortar musiqalari bilan yig'ilganlarga zavq ulashdi.
Tadbir davomida "UzDongJu" futbol klubining joriy mavsumdagi ishtiroki haqida tayyorlangan video-rolik namoyish etildi. Qolaversa bu yil respublika chempioni bo'lgan "UzDongJu" yoshlar jamoasi azolari Kubok va diplom bilan taqdirlandi.

Fikrlar