So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  4 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  7 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  12 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

“UzDongJu-2001” turnirni g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

“UzDongJu-2001” turnirni g'alaba bilan boshladi

Oliy va birinchi liga klublarining tayyorlov guruhlari o'rtasidagi respublika final bosqichi kuni-kecha Buxoro shahrida start oldi.

Unda 2001-2002 yillarda tavallud topgan yosh futbolchilar ishtirok etmoqda. Farg'onada bo'lib o'tgan saralash bosqichida Andijonning “UzDongJu-2001” jamoasi o'z guruhida “Cementchi”, “Qo'qon-1912” va “Navbahor”ni mag'lub etib, birinchi o'rinni qo'lga kiritgandi. Andijon shahridagi futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati tarbiyalanuvchilari bo'lgan ushbu jamoaga Lochin Guldaev ustozlik qilayotganini takidlash joizdir. 

Mazkur “UzDongJu-2001” jamoasi kecha Buxoro shahrida start olgan final bosqichida ishtirokini boshladi. Bugun Guldaev shogirdlari “Mashal” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda Farruh Qobulov tomonidan kiritilgan yakunda andijonliklarga g'alaba keltirdi. SHu tariqa “UzDongJu-2001” jamoasi final bosqich o'yinlarini ham omadli boshladi va chempionlik yo'lida astoydil kurashishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. 

Takidlash lozimki, “UzDongJu-2001” o'rin olgan “A” guruhida “Mashal” va “Buxoro” tayyorlov guruhlari jamoalari bor. Musobaqa taqvimiga ko'ra 11 noyabr kuni Lochin Guldaev boshqaruvidagi jamoa mezbonlarga qarshi kurash olib boradi. 13 noyabr kuni esa final uchrashuvi bo'lib o'tadi. 

“UzDongJu-2001” – “Mashal” 1:0

Gol: Farrux Qobulov.

“UzDongJu-2001”: 29.Asad Axiyarov, 2.Odilbek Abdumajidov, 4.Ahror Mamurov, 5.Sarvar Topvoldiev, 8.Tohir Karimov, 9.Farruh Qobulov, 11.Ozodbek O'ktamov, 17.Muhammadaziz Ibrohimov, 22.Aziz Zokirov, 27.Samandar Abdurahimov, 30.Asadbek Sultonmurodov.

“UzDongJu-2001” – “Mashal” (1:0) o'yinidan so'ng andijonliklar ustozi Lochin Guldaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi. 

- Tayyorlov guruhlari o'rtasida yozda Farg'onada bo'lib o'tgan respublika final bosqichiga saralash bahslarida ijobiy natijalar qayd etib, o'z guruhimizda birinchilik qo'lga kiritgan xolda, Buxoroda o'tadigan final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgandik. 7 noyabrdan Buxoro shahrida final bosqich o'yinlari start oldi. Bu erga 11 nafar futbolchi bilan etib keldik. Imkon qadar sharoitdan kelib chiqib, tayyorgarlik ko'rganmiz. Lekin shunga qaramay, maqsadimiz ulkan. Buxoroga shunchaki sayohatga kelmaganimizni amalda isbotlamoqchimiz. Ilk o'yinni g'alaba bilan boshlab oldik. Nasib qilsa finalga qadar etib boramiz deb umid qilaman. Ammo bu osonlikcha qo'lga kiritilmaydi. Har bir jamoani xurmat qilish kerak. Ular ham o'ziga yarasha tayyorgarlik bilan tashrif buyurgan – deydi andijonliklar ustozi. 

Islombek Rustambekov.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика