So’nggi yangiliklar

16:33Деку "Барселона" Бундеслига юлдузларидан бирига қизиқиши билдирганини тасдиқлади  0 16:05"Нефтчи" "Иртиш" устидан ғалабага эришди  3 15:31Кунья: "Одамлар 15 очкодан кўра унинг соч турмаги ҳақида кўпроқ хавотир оляпти"  2 15:03"Локомотив" Грузия жамоасидан енгилди  2 15:01Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  108 14:37Клоппнинг агенти: "Манчестер Юнайтед" ва "Челси" Юргенга мурожаат қилган  1 14:11Италия ҳакамлар корпуси раҳбари "Ювентус" футболчиси майдондан четлатилгани учун узр сўради  1 13:42Расман: "Пахтакор" польшалик форвардни таркибга қўшиб олди  7 13:22"Навбаҳор" клуби ва "Марказий" стадиони раҳбариятида ўзгаришлар юз берди  1 12:59Моуриньюни АПЛ грандларидан бирида кўришмоқчи  1 12:37"Ливерпуль" юлдузи болалигидан "Реал" ҳақида орзу қилган – Собослаининг келажаги Мадриддами?  5 12:08"Ал Иттиҳод" "Реал" юлдузи учун йирик битим тайёрламоқда  1 11:40Пул йўқ: энди нима бўлади?  19 11:24"Трактор" хорватиялик мураббийи билан хайрлашди  1 10:49Уэйн Руни МЮга қайтишга тайёр  8

Ustoz xotirasini yodlab yoxud anana davom etadi Yangiliklar

Ustoz xotirasini yodlab yoxud anana davom etadi

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasi stadionida o'tkazilgan II ananaviy turnirda SO'EAIBO'SMning Urganch va Xiva shaharlari, Urganch va Yangiariq tumanlarida faoliyat yuritayotgan guruhlari tarbiyalanuvchilaridan iborat 9 ta jamoa ishtirok etdi.

1 oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi (SO'EAIBO'SM) tomonidan “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, viloyat sporti, xususan, futboli fidoyisi SHuhrat Vaisovning yorqin xotirasiga bag'ishlab 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida futbol bo'yicha turnir tashkil etildi.

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasi stadionida o'tkazilgan II ananaviy turnirda SO'EAIBO'SMning Urganch va Xiva shaharlari, Urganch va Yangiariq tumanlarida faoliyat yuritayotgan guruhlari tarbiyalanuvchilaridan iborat 9 ta jamoa ishtirok etdi.

Musobaqaning finalida Xiva shahrining “Yoshlik” va Urganch tumanining “Lochin” jamoalari uchrashdi. Bu o'yinda xivalik yosh futbolchilar 3:0 hisobida g'alaba qozonib, xotira turniri g'olibi bo'lishdi. Faxrli uchinchi o'ringa Urganch shahrining “Navro'z” va “Dinamo” jamoalari loyiq ko'rildi.

- Mazkur birinchiligimiz yosh futbolchilarimizning mahoratini yanada oshirishga qaratilgan bo'lib, buning barobarida, ustozimiz xotirasi yod olindi, - deydi SO'EAIBO'SM direktori Jamoladdin Abdullaev. – O'tkazilayotgan bunday tadbirlar yoshlarimiz qalbida insonlarga nisbatan hurmat va ehtirom hissini uyg'otishda, milliy qadriyatlarimizni avlodlarga etkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Turnirning yopilish marosimida musobaqa tashkilotchilari, marhum SHuhrat Vaisovning yaqinlari, oila azolari va shogirdlari jam bo'lishdi. O'z navbatida g'olib va sovrindor jamoalar futbolchilariga tegishli darajadagi diplom, medal va sovg'alar topshirildi. SHuningdek, musobaqaning eng yaxshi o'yinchilari deb topilgan Abror Ollaberganov, Komron Nazarov, Rahimboy Masharipov (hammasi “Yoshlik”), Umar Aitov, Rasul Solihjonov, Imomaddin Ortiqov (hammasi “Lochin”), Dilshod Bekturdiev, Hurmat SHaripov, SHahzod Ro'zmetov (hammasi “Dinamo”)lar ham sovg'adan chetda qolishmadi.


Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика