Usmonali Ismonaliev: "Navbahor" muxlislaridan uzr so'rayman"
11 jan 2022 19:37
Yangiliklar
Usmonali Ismonaliev: "Navbahor" muxlislaridan uzr so'rayman"
Jonli efir davomida futbolchi "Andijon" safida "Navbahor"ga qarshi o'yinlardagi nishonlangan gol va jarimaga tortilgani bo'yicha izoh berib o'tdi.
"Har bir futbolchining qarindoshlari, unga qiziqish bildirgan odamlari, do'stlari bo'ladi. Birinchi davradagi o'yinda o'sha sektorda oilam ham o'tirgandi. Ular va men gol urishimni sezgandim. Agarda gol ursam, oilam joylashgan sektorga borib nishonlayman degan niyatim bor edi. "Navbahor" muxlislariga hech qanday aloqasi yo'q. Ataylab qilmaganman. Tartib-intizom qo'mitasiga ham tushuntirganman. Jarimaga tortilganimni ikkinchi davra boshlanayotganda bildim. Ikkinchi davrada o'yindan oldin turli gaplar kelgan. Har kimning yaqinlari o'ziga aziz. Maydonda hissiyotlarga berilganman. Muxlislardan uzr so'rayman",- deydi Usmonali Ismonaliev.
Fikrlar