So’nggi yangiliklar

21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 20:35"Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:2 (Матнли трансляция)  28 20:30Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  1 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  1 20:00"Ланс" сўнгги дақиқаларда гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди. Ҳусанов тўлиқ ҳаракат қилди  12 19:40АПЛ. "Челси" ўз уйида "Кристал Пэлас"ни енголмади, "Тоттенхэм" эса сафарда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  6 18:57Палмер – "Челси"даги дебют вақтидан бошлаб топ-5даги энг яхши ассистент. Унда 15та пас бор  1 17:50Конте Осимхен борасидаги хабарни тасдиқлади ва қаттиқ жавоб берди  13 17:21Футболчи "Челси" билан салкам 10 йиллик шартнома имзолашга рози бўлди  2 17:04Франция. "Монако" - "Ланс". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибдами?  3 17:01Футзал бўйича ЖЧ иштирокчиси Ўзбекистонга етиб келди  2 16:47Бу даҳшат! "Наполи"нинг янги футболчисига тўппонча билан ҳамла қилишди  3 16:10"Ливерпуль" футболчиси Салоҳга катта баҳо берди  2 15:40Нико Уильямс нима сабабдан "Барселона"га ўтмаганини айтди  13 15:24"Юнайтед"нинг 60 млнлик футболчиси қайси рақамда ўйнаши аниқ бўлди  4

Usmon Toshevdan jiddiy gaplar Yangiliklar

Usmon Toshevdan jiddiy gaplar

Oliy ligaga qaytish uchun kurashayotgan “Andijon” klubi o'tgan haftada o'z maydonida Farg'onaning “Istiqlol” jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Lekin bu yilgi birinchi liga musobaqalari juda keskin va qiziqarli tus olayotganini ko'rish mumkin. SHu bois u erda ham intriga juda kuchaydi. “Andijon” jamoasi uchun barcha o'yinlar xuddi final kabi jiddiy ahamiyatga ega. SHu bois ularga qarshi o'yinda raqiblar astoydil va bor kuchlari bilan harakat qilayotganini ham aytish joiz. Kuni kecha “Andijon” bosh murabbiyi Usmon Toshev “Istiqlol”ga qarshi o'yindan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.  

“ISTIQLOL" BILAN O'YIN HAQIDA

-  Biz juda qiyin yo'lni tanlaganmiz. Bu chinakam futbol yo'lidir. O'yinimizni yaxshilashga harakat qilyapmiz va buning uddasidan chiqyapmiz. Lekin baribir ham individual xatolarimiz bor. Biz bu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun ishlayapmiz. Bilasizmi, yana nima? “Cementchi” bilan o'rtadagi ochkolar farqi futbolchilarimizga biroz halaqit qilyapti. O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, Akmal Xolmatov standart vaziyatdan gol urdi. Lekin bu nuqtadan ancha-muncha futbolchi gol ura olmaydi. Bu erda uning tajribasi ish berdi. Aynan u o'z mahoratidan kelib chiqqan holda individual jihatdan gol ura oldi. O'z darvozamizdan o'tkazib yuborgan golga kelsak, yigitlar o'z poziciyalarida xato qilishdi, bu shunchaki, individual xato edi. Raqib esa qarshi hujumda gol urdi. Lekin meni quvontirgani shu bo'ldiki, barcha futbolchilar oxirigacha harakat qilishdi. Zaxiradan maydonga tushganlar ham so'nggi daqiqalargacha kurashishdi. Bazida esa o'yinchilar oxirigacha kurashishmasdi. Bungacha ularga qanday va nimalarni tushuntirishgan, bilmadim. SHuning uchun tanlagan yo'limiz qiyin. Biz ham ularni tayyorlashimiz, ham g'alaba qozonishimiz kerak. Umuman olganda, harakatlarimiz yomon emas. O'yindan keyin echinish xonasiga kirganimda barcha futbolchilarning ahil ekanligini yana bir bor ko'rdim. Aynan mana shunisi bizga kuch beradi. Lekin bizga qarshi kim ishlayapti, qanday ishlayapti, hammasidan xabarim bor. CHunki men bu erga o'tin terish uchun kelmaganman. Uzoq yildan beri futbolning ichida yurganim uchun kimning nima qilayotganini yaxshi bilaman. Biz mana shunday qiyinchiliklarni engib o'tishga harakat qilyapmiz. Nasib qilsa, o'yinimiz yanada yaxshilanadi. Yosh futbolchilarimiz esa yanada rivojlanadilar. SHuni unutmaslik kerakki, futbolchi faqat mana shunday qiyinchiliklar paytida o'sadi. Oson o'ynab turib ko'p gol urib bo'lmaydi. Hozirgi vaziyatni barcha yigitlar yaxshi tushunib turishibdi. Bu esa barchamizni yanada birlashtiradi. 

ISHQIBOZLAR XUSUSIDA

-  Andijonlik muxlislar eng zo'ri! Men bunga 100 foiz aminman. Faqat ulardan bir iltimosim bor edi. Ular o'yin paytida uni almashtir, bunisini maydonga tushir deb qichqirmasinlar. Menga bunday gaplar tasir qilmaydi. Lekin bilamanki, ishqibozlar ham hayajonlanib baqir-chaqir qiladilar. Biz esa undan-da ko'proq g'alabani xohlaymiz va muxlislarimizni quvontirishni juda istaymiz. Ularning hayqirishlari esa futbolchilarga tasir qiladi. Masalan, 10-raqamdagi futbolchini almashtir deb baqiradilar. Uni o'sha futbolchi eshitadi va ruhiy tarafdan salbiy tasir ko'rsatadi. Men esa uni yana ruhiyatini ko'tarishim kerak bo'ladi. Biz kimni qachon almashtirishni bilamiz. CHunki oldindan taktik o'zgarishlarni tayyorlab qo'yamiz. Biz shunchaki boshidan oxirigacha birga bo'lishimiz, birga kuch bo'lishimiz kerak. Bu degani mavsum oxirigacha bir-birimizni qo'llab-quvvatlashimiz lozim. O'yindan keyin ko'p insonlar meni tabrikladi. Vaholanki, ularning aksariyatini tanimayman. Ularning rahmat deyishayotgani men uchun emas, butun jamoaga rahmat deganidir. Biz birgalikda butun jamoa bo'lib yutdik. Bilaman, boshqa jamoalar bizning yutqazishimizni rosa kutishgandi. Lekin Xudoga shukrki, biz g'alabaga erishdik. Hali hammasi yaxshi bo'ladi. Buning uchun ishqibozlar bizni oxirigacha ishonch bilan qo'llab-quvvatlasinlar. 

OXIRGI DAQIQALARDAGI HOLAT

-  Albatta, o'yin oxirlarida o'ziga yarasha hayajon bor edi. Kimni o'zgartirish, taktikani qanday ko'rinishga keltirish borasida o'ylandim. Keyin himoyachining o'rniga hujumchini tushirdim. Bu bilan tavakkalchilikka qo'l urdim. Yani, uch himoyachi va uch hujumchi bilan o'ynadik. To'g'ri, o'yinimizda ayrim vaziyatlarda pala-partishliklar bo'ldi. Ammo eng asosiysi, biz yutdik.


"Andijon" matbuot xizmati
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика