Usmon Toshev Tojikiston terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaydimi? Murabbiy javob berdi
10 may 2021 16:14
Yangiliklar
Usmon Toshev Tojikiston terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaydimi? Murabbiy javob berdi
SHu munosabat bilan Tojikiston terma jamoasidagi faoliyatini davom ettiradimi yoki yo'qmi shuni aniqlash maqsadida murabbiy bilan bog'landik.
"Xabaringiz bor, iyun oyida JCH-2022 saralashi doirasidagi o'yinlar bo'ladi. Bo'lajak ikkita o'yinda Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiy bo'lib ishlayman. Yani boshlangan ishni yakunlab qo'yaman. Yani ikkita joyda ishlamayman, hozircha balki onlayn tarzda "Buxoro"dagi ishlarni bajarib turarman.
JCH-2022 saralashidan keyin O'zbekistonga qaytib bor etiborimni "Buxoro"ga qarataman", - deydi Usmon Toshev championat.asia saytiga.
Eslatib o'tamiz, Tojikiston terma jamoasi 7 iyun kuni Yaponiya bilan, 15 iyun kuni Myanma bilan o'ynaydi. Ushbu guruh o'yinlari markazlashgan holda Yaponiyada bo'lib o'tadi.
Fikrlar