So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  1 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  3 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  5 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

Usmon Toshev: “Natijadan ham ko'ra o'yinimizning manosi muhim” Yangiliklar

Usmon Toshev: “Natijadan ham ko'ra o'yinimizning manosi muhim”

Teglar :  Usmon ToshevAndijon
“Andijon” jamoasi kutilganidek o'z g'alabalari bilan muxlislarini quvontirishda davom etyapti. Bu safar Haqqulobodning “Norin” klubini 4:1 hisobida taslim qilishdi.

Futbolchilar bosh murabbiy Usmon Toshevning ko'rsatmalarini to'g'ri bajarishga harakat qilayotganliklari uchun ham natijalar o'z so'zini aytmoqda. Tabiiyki, “Norin”ga qarshi o'yindan so'ng Usmon Qudratovich bilan qisqacha suhbatda bo'ldik.

- “Norin”ga qarshi o'yinimiz qiyin bo'lishini bilardim, - deydi Usmon Qudratovich. -  To'rtta gol urgan bo'lsak-da, bu hech nima emas. Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rish jarayonida bu jamoa bilan nazorat uchrashuvida o'ynab 6:1 hisobida yutgandik. Ana shu o'yindagi natija futbolchilarimizga tasir qilishini bilardim. SHu boisdan ularga o'rtoqlik o'yini bilan rasmiy bellashuvning farqi borligini aytib, bu bahsga jiddiy qarashlarini takidladim. Jamoani boshqarayotgan Vali Keldievning ishini yaxshi bilaman. U o'z vaqtida mening qo'l ostimda o'qigan. Keldiev juda aqlli murabbiy. Uning jamoasi to'p bilan yaxshi muomala qila oladi. Boz ustiga raqibimizda bosim yo'q. Bizda esa aksincha. Har bir o'yinda yutishimiz shart. SHuning uchun uchrashuv ozgina asabiy o'tdi. Lekin bu uchrashuvga qaraganda “Yozyovon”ga qarshi o'yinimiz bir muncha asabiyroq o'tgandi. SHuningdek, mazkur bahsda vaqtida o'yinchi almashtirishlarimiz ham o'z samarasini berdi. O'zaro maslahatlashib zaxiradan futbolchilarni maydonga tushirayotganimiz muvaffaqiyatli bo'layotgani albatta kishini xursand qiladi. Demak, biz to'g'ri yo'ldamiz. Agarda biror ishni qilmoqchi bo'lsangiz qiyinchilikka duch kelasiz. Biz esa bunday paytda qo'limizni tushirmasligimiz kerak. G'alaba bilan hammani tabriklayman.

- Futbolchilar ikkinchi bo'limga maydonga tushib kelishayotganida Oybek Nurmatovning ko'zlarida yoshni ko'rdik. Bu nima bilan bog'liq?


- Bu erda hech nima bo'lgani yo'q. Tarkibimizda yoshi katta tajribali o'yinchilar bilan birga yosh iqtidorli yiitlarimiz ham bor. Tabiiyki, ko'pni ko'rgan futbolchilar yoshlarga o'rgatadilar, ulardan talab qiladilar. Bunday paytda ularning gaplariga kimdir chidaydi, kimdir yig'laydi. Lekin Oybek juda yaxshi o'yinchi, uning kelajagi porloq. Bilasizmi, “Andijon”dagi barcha yoshlarimiz baxtli insonlardir. CHunki ular mahorati yuqori bo'lgan futbolchilar bilan birga o'ynab ulardan o'rganishyapti. Anvar Berdiev, Akmal Xolmatov, Hamza Karimov, Ibrohim Otaxonov kabi futbolchilar bilan birga o'ynashni hamma yoshlar xohlashadi. Oybek ikkinchi bo'limga ozgina hayajonlanib chiqdi, men esa bu vaziyatda o'zini qanday tutarkin deya kuzatdim. Ammo u “sinmadi”. Men qo'l ostimdagi barcha o'yinchilarga ishonaman. O'ylaymanki, muxlislarimizni uyaltirib qo'ymayapmiz. To'g'ri, “Norin” ham yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Lekin o'z maqsadimizga erishib muxlislarni xursand qildik. Ularni xursand qila olganimizdan o'zimiz xursand bo'lyapmiz.



- “Andijon” o'z maydonidagi oxirgi uchrashuvlarda to'rttadan gol uryapti. Masalan, “Nasaf-2”ni 4:0, “Yozyovon-Lochinlari”ni 4:1 va “Norin”ni ham 4:1 hisobida engdi. Bu nimadan dalolat beradi?


- Futbolchilarimizda o'ziga bo'lgan ishonch oshyapti. SHuning uchun vaziyatlar paydo bo'lyapti. Muhimi, imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz. Ammo “Norin” bilan uchrashuvda yana bir qancha golli vaziyatlarni ko'kka sovurdik. Lekin murabbiy sifatida sizga shuni aytishim mumkinki, menga gollar unchalik muhim emas. Men uchun eng muhimi, o'yinning manosi bo'lishi shart. Aynan shu narsa ustida biz ko'p ishlashimiz kerak. Buning uchun bizga sifat kerak. 1:0 ga yutsak ham, 4:0 ga yutsak ham ishonch bilan yutishimiz kerak. Yaxshi jamoa 1-daqiqadan 90-daqiqagacha o'z kuchiga ishonib, munosib o'yin ko'rsatishi kerak. Bizda esa hozircha bunday emas. Masalan, o'yinning malum vaqtida yaxshi o'ynayapmiz, keyin yana malum muddat o'yindan “chiqib ketyapmiz”. Lekin biz o'z ustimizda ishlashda davom etamiz.

SHuhratbek JO'RAEV

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика