Usmon Toshev: "Havotirga soladigan bitta jihat bor..."
19 jan 2020 22:37
Yangiliklar


Usmon Toshev: "Havotirga soladigan bitta jihat bor..."
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bundan bir necha soatlar oldin chorak finalda BAA vakillarini yirik hisobda mag'lub etishdi.
Mazkur uchrashuvdan keyin taniqli mutaxassis, OFK yo'riqchisi Usmon Toshev qisqa fikrlarini bildirib o'tdi.
"G'alaba bilan olimpiya terma jamoamizni va muxlislarni tabriklayman. Mening fikrimcha o'yin to'liq bizning nazoratimiz ostida o'tdi. Natija hammasini aytib turibdi. O'ylaymanki bugungi o'ynimizni Saudiya Arabistoniga ham o'tkaza olamiz. Hamma ko'rdi, faqat g'alaba va yutuqni o'ylab harakat qilishsa, hal qiluvchi bahsda g'alaba qozona olamiz. Havotirga solayotgan jihat nima? Xar bir futbolchi o'zining poziciyasidan kelib chiqib o'ynashi kerak deb o'ylayman. Keyingi uchrashuvda barchaga omad tilayman!",- dedi mutahassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar