Usmon Toshev: Andijonning taklifini xursandchilik bilan qabul qildim
13 iyu 2017 14:04
Yangiliklar
Usmon Toshev: Andijonning taklifini xursandchilik bilan qabul qildim
Tanishtiruv marosimida Usmon Qudratovichga so'z berilgach, mutaxassis shunday dedi:
- Avvalo rahbariyatga taklif bilan chiqishgani uchun minnatdorchilik izhor etmoqchiman. Ularning taklifini xursandchilik bilan qabul qildim. CHunki ancha vaqt ushbu sohada ishlamay kelayotgandim. Yana murabbiy sifatida ishlash nasib etayotgani menga qo'shimcha kuch bag'ishladi. Ishga juda chanqoqman hozir. Bu yil Andijonni oldiga qo'yilgan vazifa elitaga qaytish ekanligi barchaga malum. Maqsadga erishish oson bo'lmaydi. Lekin uddalashga bor kuchimiz bilan xarakat qilamiz. Jamoa o'yini yozilgan disklarni ko'rib chiqdim.
Futbolchilarning saviyasi past deb bo'lmaydi. Hamma birlashishi kerak. Muxlislardan ham qo'llab-quvvatlashishlarini xohlardim. Bu erni ishqibozlarini juda yaxshi bilaman. Talabchanligi bilan ajralib turishadi. Futbolchilar esa ish jarayonida yaqindan tanishib boramiz.
Andijon matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar