So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Usmon Dembele "Barselona"ga o'tishi kerakmi yoki yo'q? Yangiliklar

Usmon Dembele "Barselona"ga o'tishi kerakmi yoki yo'q?

Usmon Dembelening Barselonaga o'tishi mumkinligi haqidagi vaziyat haqida batafsil gaplashamiz. Yosh iqtidor egasi Neymarning o'rnini bosa oladimi?

Mehnatkashligi va doimo olg'a intiluvchan yosh francuz qisqa vaqt ichida Borussiya murabbiylari ishonchini qozondi. Aynan qachon Usmon jahon futbolining eng iqtidorli, umidli yoshlari qatoriga kirib qolganini o'zi ham ayta olmasa kerak. Lekin fakt shuki, bugun futbol dunyosi grandlari klub eshigini taqillatib, “sovchilardek”: “Sizda bir bulbul, bizda bir qop pul bor edi...” deyishmoqda.


Hozirgi vaqtga kelib asosiy nomzodlar Real va Barselona bo'lib turgani hech kimga  sir emas. Xabarlar shunchalik ko'pki, o'quvchi ularning qaysi biriga ishonishini bilmay qolgan. Biroq bu kabi transferlarning amalga oshishi ko'plab faktorlarga bog'liq. Agar Madriddan BBC uchligining biror vakili ketsa, ana unda hamma birdaniga Mbappe, Dembele, Dibala va boshqalarni “Real” sotib olarkan, deb yoza boshlardi. Ammo vaziyat biroz boshqacha tus oldi va ko'z ko'rib, quloq eshitmagan pullar evaziga Neymar Franciyaga yo'l oldi. Va o'z-o'zidan hamma “Barsa” rahbarlaridek, hali u o'yinchini, hali bu o'yinchi olib beryapti kataloniya klubiga. 

MSN ning birgina vakilini sotib, “ko'k-anorranglilar” yaxshigina “soqqa” ishlab olishdi. Endi o'sha pullarni aql bilan ishlatilsa, nafaqat Neymarning o'rniga, balki boshqa zonalarga ham yaxshi futbolchilar xarid qilsa bo'ladi. 

Har kim ham "Barselona"da o'ynashni orzu qiladi, - degandi Usmon Dembele avvalroq. 

Hozirda ko'pchilik uchun Madrid yoki Kataloniyaga ko'chib o'tish – futbolchi erishishi mumkin bo'lgan “maksimum”dek go'yo.

Agar francuz Ispaniyaga ko'chib o'tsa, Dortmunddagidan ko'proq sovrinlar yutgan bo'lardi va vaqti kelib, eng ko'p etirof etiladiganlardan biri bo'lardi. “Barselona” va “Real” marketing bo'yicha qanday ishlashini yana bir bor gapirishga xojat yo'q chamamda. 

Ammo masalaning boshqa tomoni ham bor. 20 yoshli futbolchi taklifni qabul qilsa, uning elkasiga og'irgina yuk tushadi. Sababi, u shunchaki umidli xarid emas, balki jamoada Neymarning o'rnini bosishi kerak bo'ladi. Messi va Ronaldo davri o'tgandan keyin Oltin to'p uchun kurashda aynan Neymarni favorit deb shunchaki aytishmagan albatta. Va francuz ana o'sha yigitning yo'qligini bildirmasligi, kerak bo'lsa, undan ham kuchliroq o'yin ko'rsatishi talab qilinadi.


Oddiy misol o'tgan mavsum oxirlariga kelib, MSN uchligida kim eng yaxshisi degan savolga hamma Messi deb javob bermadi. Ha, Suares foydaliroq, Neymar hech bir jabhada qolishmaydi deganlar ham kam emasdi. CHunki birining o'yini qovushmaganda ikkinchisi, keyin uchinchisi jamoa joniga oro kiraverdi. “Barselona”ning kuchli va yutgan tomoni ham shunda. Agar har uchalasining o'yini qovushib qolsa, unda raqibning farqi yo'q edi. O'sha PSJ bilan javob o'yinidek (tan oling o'sha kuni “Barsa” ajoyib o'yin namoyish qildi va unda hakamni ayblash biroz adolatsizlik). 

Bularning barchasini inobatga oladigan bo'lsak, Dembelega duet bo'lib qolgan bu uchlikka qo'shilish ikki hissa qiyin bo'ladi. Lekin aytishadiku, Kuchlilar bilan qancha ko'p o'ynasang, o'zing ham shunchalik kuchli bo'lasan.

O'zi kim bo'ldi u Usmon Dembele? Bundesliga va “Borussiya” o'yinlarini muntazam kuzatmaydiganlarda savol paydo bo'lishi tabiiy. Universal jangchi. Futbolchiga bundan yaxshiroq nom topilmasa kerak. Uning maydondagi harakatlarini bundan aniqroq tariflab bo'lmaydi. WhoScored.com statistik malumotlariga ko'ra, o'tgan mavsum Dembele sakkiz (!) xil poziciyada omadli harakat qila olgan. Har ikkala qanotdan oldinga o'ta oladigan, kerak bo'lsa markaziy hujumchi vazifasini bajarib, bazan butun qanotni yopib himoyaga ham ulguradigan futbolchining xaridori ko'p bo'lishi aniq. 

Tezlik, gol sezish qobiliyati va qanotdan bir o'zi to'pni oldinga olib o'ta olishi – Neymar ketib, bo'shab qolgan zonani to'ldirish uchun ayni muddaodek. Kutilmagan qarorlar chiqarishdan qo'rqmaydigan Usmon avvalgi mavsumda 18 bor sheriklariga golli uzatma etkazib bera oldi. Bir qarashda francuz ortiqcha qiyinchiliksiz Barselona stiliga moslashib keta oladi.


Yangi murabbiy Valverde qo'l ostida jamoa qanday o'ynashi nomalumku, lekin hujum uchligi erkin harakat qilishi aniq. Ular shundoq ham zarur paytda joylarini almashtirib, o'z ishlarini qoyillata olishadi. SHuning uchun, oldinda Usmon qiynalmasligi aniq.

Nega aynan Dembele – ideal variantligining yana bir sababi. Franciyalik iqtidor sohibi Dibala, Mbappe va kataloniyaliklar ro'yxatiga tushganlar ichida nisbatan kamroq gapirilgan va shov-shuv qilingani. Jamoaga kim kelishidan qatiy nazar, u Messining soyasida yurishga mahkum. Leo o'zi formasini butkul yo'qotib, yoki futbolni tugatmaguncha. 

Xohlaymizmi, yo'qmi Neymar ketishining asosiy sabablaridan biri ham shu bo'ldi. Kimlardir pul uchun ketdi der, lekin “Barselona”da u kamroq oylik olgani bilan, ko'proq sovrin yutardi, gollar, obro', bu esa o'z-o'zidan qo'shimcha bonuslar, reklama shartnomalari, doimo diqqat markazida bo'lish imkonini berardi. Ja unchalik ko'p pul bo'lmasa ham, o'sha Kataloniyada ham och qolmasdi Neymar, otasi va yaqinlari. Ammo ikkinchi bo'lish braziliyalikning joniga tegdi oxiri. Argentinalikning soyasidan chiqish uchun, jamoa yuzi bo'lish uchun Franciyani tanladi Neymar. 


O'sha Neymar ketgan franciyalik Dembele esa Leodan keyin ikkinchi bo'lishga (malum vaqt albatta) rozi bo'ladi menimcha. CHunki hozirgi klubida ham Usmon bosh yulduz emas-ku. “Borussiya” Dortmundning ham o'z bo'rilari bor. 

20 yoshli futbolchi uchun bu muhim, masuliyatli va keskin qaror bo'lardi. Barsa - katta futbolda faoliyatingni davom ettirish uchun ajoyib variant. SHunday emasmi? O'zingni va o'yiningni butkul yo'qotib qo'ymasang albatta! 

Har nima bo'lganda ham top-klublar etiboriga tushib ulgurdimi – demak, Dembele nimagadir erishibdi. Lekin bunday darajadagi jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri bo'lish uchun shunchaki OAV etibori va iqtidorning o'zi kamlik qiladi. 

Dembele o'z ustida ishlashi, o'yinini muntazam kuchaytirib borishi lozim. Bunda Messi, Suares va Valverde unga yaxshi maslahatlar bera olardi.

Amalda Dembele Ispaniyaga ko'chib o'tadimi yoki faoliyatini "Borussiya"da davom ettiradimi vaqt ko'rsatadi.


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика