Usmon Dembele "Barselona" mashg'ulotlariga keldi
24 jan 2022 17:16
Yangiliklar
Usmon Dembele "Barselona" mashg'ulotlariga keldi
"Barselona" yarim himoyachisi Usmon Dembele mashg'ulotlar uchun Kataloniya klubi bazasiga keldi.
23 yanvarda xabar berilganidek, 24 yoshli futbolchi oshqozonidagi muammo sabab mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi. Ammo, rahbariyat Dembelening sog'ligidagi muammoga ishonmagani va shu sabab uni jarimaga tortishi aytilgan edi.
Hujumchi "Barsa"ning "Alaves"ga qarshi Ispaniya chempionati 22-tur doirasidagi o'yin uchun qaydnomasiga kiritilmadi.
Oldinroq, "Barselona" sport direktori Mateu Alemani Dembele yangi shartnomani rad etgani uchun klubdan yanvar so'nggiga qadar ketishi kerakligini malum qilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar