So’nggi yangiliklar

17:29Ўзбекистон U-20 терма жамоаси январда Туркияда йиғин ўтказади, таркиб ҳам маълум  0 17:13"Наполи" "Реал" ҳужумчисини нишонга олди  1 16:42Расман: "Нефтчи" Ғиёсов, Пўлатов ва Соҳибжоновни ўз сафига қўшиб олди  9 16:16"Ноттингем Форест" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  10 15:26Расман: Ўтган мавсум "Динамо"да ўйнаган Ратиньо "Нефтчи"га ўтди  10 14:38Винисиус шартномани узайтирмаса, "Реал" Витиньяни сотиб олиши мумкин. Бразилиялик футболчи учун 100 млн евро талаб қилинади, пул эса ПСЖ хавбекига сарфланади  2 14:15"Манчестер Юнайтед" 45 ой (!) ўтиб ғалаба қозонди...  3 13:47"Манчестер Юнайтед" А Сериядаги ярим ҳимоячи билан шартнома имзолаши мумкин  1 13:11Левандовски "Барселона" билан шартнома ҳақида: "Ҳали қарор қабул қилиш учун вақтим бор. Қаерда ўйнашни ва қайси йўналишда ҳаракат қилишни билмайман, лекин босим йўқ"  0 12:25"Реал" Зиданни қайтармоқчи  7 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛда "Boxing day" даваом этади ва бошқалар  0 11:41Расман: Фежсал Мулич — “Сўғдиёна” футболчиси  17 11:23"Ливерпуль” собиқ футболчиси "Манчестер Юнайтед"га Стерлингни сотиб олишни таклиф қилди  4 10:53Роберт Левандовски футболдаги сўнгги йилларида нималарга эришишни истаётганини айтди  0 10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  3

YO uslub yoki Kuperdan qutilish kerak Yangiliklar

YO uslub yoki Kuperdan qutilish kerak

O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralashining ikkinchi bosqichini sharmandali mag'lubiyat bilan boshladi.

O'yindan oldin deyarli barcha o'zbekistonlik muxlislar Falastinni osonlik bilan yutishimizga ishonishgan edi. Bahsdan oldin jonli efirda o'z fikrlarini bildirgan Server Jeparov ham guruhdagi asosiy raqiblarimiz Yaman va Singapur (Saudiya Arabistoni hisobga olinmaganda) ekanligini aytib, Falastinni raqiblar safiga qo'shmagan edi. Biroq...


Uchrashuv terma jamoamizning faol harakatlari bilan boshlandi, biroq qanotdan yorib kirishga urinishlar, jarima maydonchasi ichiga uzatmalar foyda bermadi. Odil Ahmedov va Jaloliddin Masharipov uzoqdan raqib darvozasini ishg'ol qilishga urindi, biroq Ektor Kuper jamoasining o'yini Eldor SHomurodov atrofida qurilgandek ko'rindi. Bosh murabbiy havolatib oshirilgan to'plar uning aniq zarbasi bilan yakunlanishiga umid qildi. To'g'ri, SHomurodov "Rostov"da gol urishdan to'xtamayapti, ammo Rossiya klubining o'yiniga etibor qaratsangiz, uzatma paytida SHomurodovdan tashqari yana ikki bo'yi uzun futbolchi zarbaga tayyorlanib turadi. Bizda esa har doim ham bunday emas.



Falastin ikkinchi jamoa bo'lib o'ynashi kutilgandi va shunday ham bo'ldi. SHu joyda yana ammo... Asosiy uslubi himoyaviy bo'lgan terma jamoamiz etakchi bo'lib o'ynashni yodidan chiqarib qo'ygandek ko'rindi. Bunga noaniq paslar, hujumning ikkinchi to'lqini yo'qligi, kamchilik bo'lib himoyalanishdagi xatolarni isbot sifatida ko'rsatish mumkin.


O'zi bizga himoyaviy uslub to'g'ri keladimi?

Ektor Kuper o'zining himoyaviy uslubi bilan mashhur. Uning uslubi har doim ham u boshqargan jamoalarga foyda keltirmagan. Argentinalik mutaxassis kelguniga qadar terma jamoamiz himoyadan o'ynaydigan jamoa bo'lmagan, biroq o'sha paytda O'FA vice-prezidenti bo'lgan Umid Ahmadjonov uslubimizga umuman zid bo'lgan Ektor Kuperni terma jamoaga taklif qildi.

Terma jamoamizga chaqirilgan biror futbolchining klubi himoyaviy o'yin ko'rsatadimi? Yo'q. Avval asosiy legionerlarimizdan boshlaymiz. 

- Odil Ahmedov to'p tepadigan "SHanxay SIPG" Xitoy uyoqda tursin, xatto Osiyoning eng kuchli klublaridan biri bo'lgan "Guanjou Evergrand"ga qarshi bahslarda ham to'pga egalik qilib, guanjouliklarni raqib maydonida kutib olishga urinadi;

- Terma jamoamiz hujumchisi Eldor SHomurodovning klubi "Rostov" joriy mavsum hujumga jiddiy etibor qaratdi. Valeriy Karpin shogirdlari raqib kim bo'lishidan qatiy nazar hujumga ko'pchilik bo'lib o'tib, raqib darvozasi oldida mashg'ulotlarda ishlangan turli hujumlardan foydalanishni boshladi. SHomurodov esa aynan shu uslub o'yinchisi ekanligini isbotladi, lekin Kuper buni tushunmayapti.

- Ikrom Aliboev va "Seul". Janubiy Koreya futboli haqida tushuntirishning keragi yo'q deb o'ylayman. K-liganing barcha vakili to'p bilan o'ynashni, ko'proq pas berishni va kombinacion hujumlarni xush ko'radi. "Seul" ham shundaylarning biri.


Superligamizda himoyaviy uslubdan foydalanadiganlar bormi? Mana shu savol haqida jiddiy o'ylab ko'rish kerak. Avval unga javob beraman. Superligada himoyaviy uslub orqali o'ynaydigan jamoa deyarli yo'q. Bazi deganimning sababi - ayni damda turnir jadvalida hammadan uzoqlashib ketgan va har o'yinida kamida 2-3ta gol urayotgan "Paxtakor"ga qarshi bahslarda raqib yopilib olishi mumkin. Endi nega ligamizda himoyaviy o'ynaydigan klub yo'g'u, nega termamiz bunday o'ynashi haqida o'ylab ko'ramiz.


Dunyoning istalgan terma jamoasi (etakchilardan tortib autsayderlargacha) o'z chempionatida muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatayotgan jamoa uslubida harakat qiladi. Masalan, Angliya - "Manchester Siti", Ispaniya - "Barselona", Germaniya - "Bavariya", Franciya - PSJ, Rossiya - "Zenit", Qozog'iston - "Astana", Xitoy - "Guanjou Evergrand".


Bizda "Paxtakor" super harakat qilyapti. "SHerlar" himoyada ishonchli o'yin ko'rsatadi, qanotlar faol, yarim himoyadagi futbolchilar ikki darvoza orasida tinim bilmay yugurishadi, hujumchilar ham mahsuldorlik ko'rsatishyapti. Bundan tashqari terma jamoa asosini "Paxtakor" futbolchilari tashkil qiladi. 


Kuper esa butun faoliyati davomida qo'llab kelgan uslubni qo'yib yubormayapti. So'nggi 10 yilda bu uslubda muvaffaqiyatga erishgan jamoani eslay olmayman. Ha, bitta bor ekan, "Inter" (2010 - CHempionlar ligasi). Ektor Kuper O'zbekiston terma jamoasida qolishni, keyingi bahslarda autsayderlardan "shapaloq" qabul qilishni istamasa uslubni o'zgartirishi kerak, aks xolda O'FA uni boshqa mutaxassisga almashtiradi.

Muallif : Aslanov Jasurbek
Reyting: +62   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика