So’nggi yangiliklar

18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Испания (матнли трансляция)  22 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  41 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  16 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3

Urugvayning 72 yoshli afsonaviy bosh murabbiyi - Oskar Tabares haqida Yangiliklar

Urugvayning 72 yoshli afsonaviy bosh murabbiyi - Oskar Tabares haqida

Oskar Tabares – Urugvay timsolidir.

Mamlakat futbol Federaciyasi murabbiyning “Milan”, “Real Ovedo”, “Kalyari”, “Veles Sarsfild”, “Boka Xuniors” kabi klublarda deyarli sezilarli bo'lmagan davrlari hamda to'rt yil ishsiz yurganiga qaramay, termani unga ishonib topshirdi va ular bu borada adashmadilar.

2006 yil, Tabares bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin, Urugvayning “Nacional Sport” gazetasining birinchi betida “Tabares nima uchun kerak?” nomli maqola chop etilgan. U avval top-klublar va terma bilan ishlagan, ammo katta muvaffaqiyatga erisha olmagan. Qaytishi esa hamma narsani tubdan o'zgartirib yubordi. Urugvayliklar u bilan 13 yil davomida birga bo'ldilar va Amerika Kubogini qo'lga kiritdilar, JCH-2010da esa to'rtinchi o'rinni egalladilar. O'tgan yili Federaciya murabbiy shartnomasi muddatini 2022 yilga qadar uzaytirdi.

(!) So'nggi yillarda kasalligi tufayli ahvoli og'irlashgan.

Kasallik Tabaresni sindira olmadi – yaxshi yura olmasligiga qaramay, termani shug'ullantiradi

2018 yilgi Jahon CHempionati boshlanishidan oldin “The Guardian” muallifi Jonatan Uilson Urugvaydagi press-konferenciyaga borib, lol bo'lib qolgan edi: “Murabbiy ancha vaqtdan beri yaxshi yurolmaydi. Doim hassakash yordamida yuradi, mashg'ulotlarga esa maxsus aravachada keladi. SHunga qaramay, Tabares – ko'pgina murabbiylarga o'rnak bo'la oladigan inson! U tartibli, aniq javob beradigan va ehtiyotkor inson. Tabares press-konferenciyalarga har doim kostyum-shim kiyib boradi va jurnalistlar bilan xushmuomalalik bilan gaplashadi”, – yozadi Uilson.

Tabares sog'lig'i haqida suhbatlashishni yoqtirmaydi: uning fikricha, futbol murabbiyi bilan boshqa mavzular haqida emas, balki o'yin to'g'risida suhbatlashish kerak. Ammo uning kasalligidan ko'pchilik, butun dunyo desak ham bo'ladi, xabardor. 2013 yilda u jadallik bilan rivojlanadigan kasallik – Giyena-Barre sindromiga chalindi. Bu neyropatik kasallik bo'lib, periferik nerv tomirlarining zararlanishi hisoblanadi. Kasallik tufayli o'lim darajasi (odatda, nafas etishmasligi oqibatida) juda past – 5%. Giyena-Barre sindromi ko'pincha nogironlik bilan birga rivojlanib boradi. Aynan shu narsa Tabares bilan ham sodir bo'ldi. U oxirgi marta mustaqil ravishda 2013 yil yurgan edi. So'ng hassa yordamida, keyin esa elektr g'ildirakli aravacha yordamida “yura boshladi”.

Urugvay ommaviy axborot vositalari, Tabares Rossiya JCHdan oldin termadan ketadi deb tahmin qilishgan edi. Biroq murabbiy shu masalada bir nechta narsani oshkor qildi: “Men fizioterapevtim va nevrologim bilan gaplashdim. Ularga ahvolim haqida xabar berib turishim kerak. SHuningdek, ular termadagi ishimni davom ettirishim mumkinligini aytishdi. Agar meni ketadi deb o'ylayotgan bo'lsangiz, qattiq adashasiz! Futbol – yashashim uchun bo'lgan asosiy sabab”.

Tabares o'yinlarga bormaydi, lekin urugvaylik o'yinchilar haqida hamma narsani biladi

JCH-2014dan keyin urugvayliklar Luis Suares Italiyaga qarshi bahsda Kellinini tishlab olgani uchun uni yomon ko'rib qolgan edilar. Uning yonini olib, himoya qilganlardan biri Tabares edi: murabbiy jurnalistlar oldida chiqish qilib, jazo (to'rt oy futbol bilan shug'ullanmaydi va 9ta o'yinda maydonga tushmaydi) haqqoniy bo'lmaganini aytgan.

“The Guardian” muallifi Jonatan Uilsonning yozishicha: “Tabares o'yinchilarining o'rnini ko'p o'zgartiradi va futbolchi qaerda yaxshiroq o'ynashini bilib oladi. U butun Urugvay futbolini nazorat qiladi va termaning barcha o'yinchilari (turli yosh bo'yicha ham) haqida batafsil malumotga ega”. Tabaresning skautlari juda ko'p, ular Urugvay termasi uchrashuvlarini kuzatib boradilar. Bundan tashqari, uning yordamchilari katta jamoaning asosiy futbolchilar ishtirokidagi bahslarni qoldirmaydilar. Tabaresning sog'lig'i yomonligi tufayli o'yinlarga kamdan-kam boradi. Lekin har bir uchrashuvda nimalar bo'layotganidan xabardor bo'lib turadi.

“Futbolchini bilish – ishimizning muhim omillaridan biri. O'yinchilar haqida malumotlarimiz ko'p”, – deydi Tabares.

Tabares hech qachon shikoyat qilmaydi

2013 yil Oskar Tabares o'zining asosiy murabbiylik qoidasi haqida gapirdi. U mag'lubiyatda hech kimni ayblamaydi: “O'zini oqlash insonni zaiflashtiradi. Agar yutqizsangiz, demak, yomon o'ynagansiz yoki raqib juda kuchli. Eng muhimi — o'z aybini tan ola bilish”.

Tabaresning har bir intervyusida o'zgacha mano bor. JCH-2018da Urugvay hech qanday imkoniyatsiz francuzlarga mag'lub bo'lgandi. O'yindan keyin Tabares 3ta narsa haqida ajoyib fikrlar bildirgan:

Natija – “Raqiblarimizdek yaxshi o'ynay olmadik. Men mag'lubiyatni doim shunday baholayman. Agar “biz” deb gapirsam, demak butun jamoa haqida aytayotgan bo'laman”.

Xatolar – “O'yin uslubini o'zgartirish uchun ko'p harakat qildik. Lekin keyin ikkinchi golni urib qo'yishdi. Futbolchilarni almashtirish ham yordam bermadi”.

Mag'lubiyatning asosiy sababi – “Yo'nalishni o'zgartirish uchun bor kuchimiz bilan harakat qildik. Biroq francuzlar ancha yaxshi harakatlandilar. Buni tan olaman”.

Tabares haqida nimalarni bilish kerak?

• Uning tahallusi — o'qituvchi. Murabbiylik faoliyatini boshlashdan avval, u maktabda tarix va falsafadan dars bergan. Biroq qashshoqlik tufayli yana futbolga qaytishga qaror qilgan. O'qituvchilik maoshi bilan oilasini, uchta farzandi bor, boqa olmasdi.

• O'tgan yili Montevideo hokimiyati murabbiy sharafiga haykal o'rnatishni taklif qildi. Tabares esa buni rad etdi va bu narsa jamoaga salbiy tasir ko'rsatishi mumkinligini takidladi: “Buni eshitib boshim osmonga etdi, ammo uni qabul qilishga tayyor emasman. CHunki bu termaga yomon tasir qilishi mumkin”.

• Tabares muhim o'yinlardan oldin futbolchilarini bazaga “qamab” qo'yishni yaxshi ko'radi. Bu safargi Kopa Amerika turniridan oldin urugvayliklar 5 kunni bazada o'tkazdilar, murabbiy ularning yoniga yaqinlarini ham kiritmadi.

• O'tgan yilgi Jahon CHempionatida Oskar Tabares noyob muvaffaqiyatga erishdi – mundial pley-off bosqichida ishlagan eng yoshi katta murabbiy bo'ldi.

• Tabares termaning barcha o'yinchilarini yaxshi ko'radi. Masalan, Luis Suares u haqida shunday deydi: “Janob – nafaqat yosh futbolchilar, balki bizlar uchun ham haqiqiy o'rnak bo'la oladigan inson. U gapirishni boshlasa, hamma sukut saqlab uni tinglaydi. U hech qachon safsata gaplar aytmaydi. Faqatgina kerakli va muhim narsalarni takidlaydi”.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика