Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi aqlbovar qilmas rekord o'rnatdi
25 iyu 2019 17:30
Yangiliklar


Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi aqlbovar qilmas rekord o'rnatdi
Urugvayning CHiliga qarshi o'tgan o'yini bosh murabbiy Oskar Tabares boshchiligidagi 200-o'yin bo'ldi.
Urugvay termasi Tabares boshchiligida 99ta g'alaba, 48ta durang va 53ta mag'lubiyat qayd etdi. Bu natija terma jamoa murabbiylar o'rtasida olib qaraydigan bo'lsak rekord natijadir. Jamoa afsonaviy murabbiy qo'l ostida 2010 yilgi jahon chempionati yarim finaligacha etib bordi.
Urugvay 2011 yilda Amerika Kubogini boshi uzra baland ko'tardi.
Oskar Tabares o'z vaqtida "Milan" va "Boka Xuniors" klublarida ham ishlagan. Murabbiy 2006 yildan beri urugvayliklarga ustozlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar