Urganchda o'tgan “Navro'z-2019” musobaqasi yoshlarga quvonch ulashdi

Narzulla Saydullayev
26 mar 2019, 14:22
Diyorimizda Navro'z shukuhi kezib yuribdi. Joylarda xalqimizning ezozli ayyomi munosabati bilan ko'plab tadbirlar, xususan, sport musobaqalari o'tkazilyapti.

Bularning barchasi hamyurtlarimizga unutilmas taassurotlarni, bayramona kayfiyatni tuhfa etmoqda.

Jumladan, Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasi o'yingohida o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tgan “Navro'z-2019” musobaqasi ham yosh futbolchilarga quvonchli lahzalarni ulashdi.
Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi hamkorligida tashkil etilgan mazkur birinchilikda vohaning 12 ta jamoasi qatnashdi. Avvaliga, uchrashuvlar uch guruhda olib borildi.

“A” guruhi
“Dinamo”(Urganch sh.) – “Gurlan”(Gurlan tumani) – 1:2, “Jayhun”(Urganch sh.) – “Lochin”(Urganch tumani) – 2:1, “Jayhun”– “Dinamo” – 2:0, “Lochin” – “Gurlan” – 2:0, “Dinamo” – “Lochin” – 0:2, “Gurlan” – “Jayhun” – 0:1.
1.“Jayhun”–9 ochko. 2.“Lochin”–6 ochko. 3.“Gurlan”–3 ochko. 4.“Dinamo”–3 ochko.

“B” guruhi
BO'SM(Qo'shko'pir tumani) –“Yoshlik”(Urganch sh.) – 0:1, “Bog'ot”(Bog'ot tumani) – “Binokor”(Urganch sh.) – 3:0, “Bog'ot” – BO'SM – 0:1, “Binokor” – “Yoshlik” – 1:3, BO'SM – “Binokor” – 1:3, “Yoshlik” – “Bog'ot” – 3:0.
1.“Yoshlik”–9 ochko. 2.“Bog'ot”–3 ochko. 3. BO'SM–3 ochko. 4.“Binokor”–3 ochko.

“C” guruhi
“Yangibozor”(Yangibozor tumani) – BO'SM(Yangibozor tumani) – 3:1, “Navro'z”(Urganch sh.) – “Olimpiya”(Urganch sh.) – 0:0, “Navro'z” – “Yangibozor” – 1:0, “Olimpiya” – BO'SM – 0:1, “Yangibozor” – “Olimpiya” – 2:1, BO'SM – “Navro'z” – 0:5.
1.“Navro'z”–7 ochko. 2.“Yangibozor”–6 ochko. 3. BO'SM–3 ochko. 4.“Olimpiya”–1 ochko.

O'z navbatida guruh g'oliblari va eng yaxshi natijaga erishgan bitta ikkinchi o'rin egasi yarim finalda kuch sinashdi.

Yarim final
“Yoshlik”(SO'EAIBO'SM, Urganch sh.) – “Jayhun”(Urganch sh.) – 3:0.
“Lochin”(Urganch tumani) – “Navro'z”(Urganch sh.) – 1:0.

Final uchrashuvida Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabining “Yoshlik” jamoasining yosh futbolchilari Urganch tumanining “Lochin” jamoasidagi tengdoshlarini 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Natijada, “Lochin” ikkinchi o'rin bilan kifoyalandi. Yarim final ishtirokchilari - “Jayhun” va“Navro'z” jamoalari uchinchi o'rindan joy olishdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia