So’nggi yangiliklar

00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  11 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  9

Urganchda mini futbol bo'yicha "Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig'i kubogi" o'tkazildi Yangiliklar

Urganchda mini futbol bo'yicha "Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig'i kubogi" o'tkazildi

Teglar :  UrganchFutzal
“Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida uyushtirilgan birinchilikda sakkizta jamoa g'oliblik uchun o'zaro bahs yuritdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga ko'ra, davlat organlari va tashkilotlarida ish vaqtidan so'ng tanlangan kunlarda, haftada kamida bir marta rahbar va barcha xodimlarning jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari bilan shug'ullanishini taminlash bo'yicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etish belgilangan.

Prezidentimizning mazkur farmonini hayotga tatbiq etish maqsadida Xorazm viloyati Davlat soliq boshqarmasi tizimidagi tashkilotlarda izchil ishlar olib borilmoqda. Binobarin, soha xodimlari sog'lom turmush tarzi bor joyda, ishning unumi ham, rivoji ham yuqori bo'lishini ko'ngildan his qilgan holda faoliyat yuritishayotir.
O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi va Soliq tizimi tashkil qilinganligining 29 yilligiga bag'ishlab mini futbol bo'yicha o'tkazilgan “Viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig'i kubogi” musobaqa ham ana shu xayrli say-harakatlar sirasidan.

“Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida uyushtirilgan birinchilikda sakkizta jamoa g'oliblik uchun o'zaro bahs yuritdi. Hal qiluvchi uchrashuvda viloyat Davlat soliq boshqarmasi va Urganch shahar Davlat soliq inspekciyasi jamoalari ro'para keldi. Bu o'yin 4:0 hisobida yakunlanib, viloyat Davlat soliq boshqarmasi xodimlari kubok sohibiga aylanishdi. Urganch shahar DSI jamoasi ikkinchi o'rinni, viloyat DSB-2 jamoasi uchinchi o'rinni egalladi.

Kubok bellashuvlarining eng yaxshi futbolchilari nomiga Bobur Rajapov (darvozabon, viloyat DSB-1), Jumaniyoz Matchanov (himoyachi, Urganch shahar DSI), Eldor Allanazarov (to'purar, viloyat DSB-1) va Ulfatbek Aniyazov ( g'alabaga bo'lgan ishonchi uchun, Ko'shko'pir tumani DSI) sazovor bo'lishdi.

Musobaqaning yopilish marosimida qatnashgan Xorazm viloyat DSB boshlig'i Hurmat Abdukarimov tadbir ishtirokchilarini o'ziga xos bayram bilan qutlab, g'olib va sovrindor jamoalarni hamda eng yaxshi futbolchilarni munosib taqdirladi.

             Ikrom  XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика