So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

RPL. SHomurodov gol urgan bahsda "Rostov" durang qayd etdi Yangiliklar

RPL. SHomurodov gol urgan bahsda "Rostov" durang qayd etdi

"Ural" hamda "Rostov" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasi 4-tur uchrashuvi yakunlandi.

Ural

Andrey Panyukov - 14', Vladimir Iljin - 81'

Premier League . 4-tur

03/08/2019, 16:00

2
:
2
Tugadi

FC Rostov

Eldor Shomurodov - 67', Bjoern Sigurdarson - 85'

Stadion: Ekaterinburg Arena

45'
90'
14'  Andrey Panyukov
14'  Nikolay Dimitrov
20'  Varazdat Haroyan
33'  Othman El Kabir (Yuri Bavin)
52'  Roman Emeljanov
72'  Andrey Panyukov (Vladimir Iljin)
81'  Vladimir Iljin
81'  Yuri Bavin
83'  Nikolay Dimitrov (Andrey Egorychev)
88'  Yuri Bavin
43'  Mathias Normann
60'  Eldor Shomurodov
61'  Aleksey Ionov (Bjoern Sigurdarson)
67'  Eldor Shomurodov
67'  Khoren Bayramyan
72'  Khoren Bayramyan (Aleksandr Saplinov)
85'  Bjoern Sigurdarson
85'  Roman Eremenko

YANGILASH




90. Uchrashuv yakunlandi! 2:2

85. GOOOL! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Sigurdarson hisobni tenglashtirdi. Qanotdan uzatilgan to'p bosh bilan darvozaga joylab qo'yildi, 2:2.

81. GOL! "Rostov" yana hisobda orqada. "Ural" futbolchisi qanotdan to'pni markazga uzatayotgan bir paytda, jarima maydonchasi ichidagi Vladimir Ilin bir o'zi qoldi va uzatmani osonlik bilan golga aylantirdi, 2:1.

79. Ustunlik hali ham "Rostov" tomonda, biroq vaziyatlar yaratishda muammolar bor.

SHomurodovning golini Telegram kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

"Ural" - "Rostov" uchrashuvi o'tkazilayotgan stadionda hamyurtlarimiz Eldor SHomurodovni qo'llab-quvvatlashmoqda

72. Ikkala jamoada o'zgarish. "Rostov" safida Bayramyan o'rnini Saplinov egalladi. "Ural"da esa Panyukov o'rniga Ilin maydonga tushdi.

69. Eldor yana jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib oldi, bir futbolchini aldaga SHomurodov ikkinchi urinishda to'pni yo'qotib qo'ydi.

67. SHOMURODOV GOOOL! Eldor qanotdan uzatilgan to'pni oyog'i bilan darvozaga joylab qo'ydi. Hisob tenglashdi, 1:1!

66. Mehmonlar raqibni o'z jarima maydonchasiga qamab, turli uslublarni qo'llamoqda va gol urish yo'lini izlashyapti. Hozircha barcha harakatlar besamar yakun topmoqda.

63. Fidler ("Ural") markazga yaqin bo'lgan nuqtadan darvoza tomon zarba berdi. Rostovliklar posboni to'pni egallab oldi.

61. "Rostov"da o'zgarish: Ionov o'rniga Sigurdarson maydonga tushdi.

60. Eldor SHomurodovga sariq kartochka ko'rsatildi. Hujumchi raqib hujumini to'xtatib qolgani uchun jazolandi.

57. SHOMURODOV! Eryomenko o'ng qanotdan to'npi jarima maydonchasiga tashladi, Eldor esa yana bosh bilan zarba berdi. To'p darvozabonning qo'liga borib tushdi.

54. ERYOMENKO! "Rostov" yarim himoyachisi uzoq masofadan raqib darvozasini ishg'ol qilishga urindi, ammo Godzyur jamoasini goldan qutqarib qoldi.

53. Rostovliklar o'ng qanotda jarima zarbasi ishlab olishdi, standartdan jarima maydonchasiga tashlangan to'p "Ural" futbolchilari tomonidan maydondan chiqarib yuborildi. Burchak zarbasi ham mehmon jamoaga foyda keltirmadi.

50. BIKFALVI! "Rostov" darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi, mehmonlar himoyachilari bir-biriga urilib, yiqilib tushishdi. Bundan foydalangan Bavin to'pga tashlandi va darvozabon to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi. Orqaroqda kelayotgan Erik Bikfalvi bo'sha darvozaga zarba berdi, noaniq!

49. Bayramyan "Ural" jarima maydoni oldida ikki raqibini aldadi va zarba berdi, to'p himoyachiga tegdi va xavf yo'qqa chiqdi.

46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi xushtak chalindi va bahsning ikkinchi qismi boshlandi.

- Jamoalar maydonga qaytishmoqda. Hozircha hech bir jamoada o'zgarish yo'q.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

43. Mehmonlar qarshi hujumga o'tishdi, SHomurodov ajoyib uzatmani qabul qilib oldi va to'pni Ionovga uzatdi. Ionov raqibni aldashga urinib, to'psiz qoldi.

41. "Rostov" to'p bilan ko'proq muomalada bo'lyapti, biroq bundan biror foyda chiqara olishayotgani yo'q.

37. Eremenkoning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi, ishlab olingan burchak zarbasidan ham naf bo'lmadi.

36. Mezbonlar Bayramyanni yiqitishdi. "Rostov"liklarda hisobni tenglashtirish uchun ajoyib imkoniyat bor. To'p oldida Eremenko.

31. "Ural" safida o'zgarish bo'ladi. El-Kabir jarohat oldi va maydonni tark etdi. Bavin El-Kabir o'rnini egalladi.

29. Rostovliklar o'z jarima maydonchasi oldida qo'pol o'ynashdi. Hakam jarima zarbasi belgiladi. "Ural" futbolchisi Dimitrovning standartdan bergan zarbasi darvoza yonginasidan o'tib ketdi.

28. Bayramyan! "Rostov" yarim himoyachisi Xoren Bayramyan raqib jarima maydonchasida darvozaga teskari turib Ionovdan to'pni qabul qildi va darvozaga zarba berdi. Davrozabon to'pni egallab oldi.

22. "Rostov" ustozi Valeriy Karpin joiyda o'tira olmayapti. Har bir vaziyatda hayajonlanib, futbolchilarga kerakli ko'rsatmalar berib turibdi.

19. Burchakdan uzatilgan to'pga Eldor SHomurodov bosh bilan zarba berdi, juda noaniq.

17. SHOMURODOV! "Rostov" futbolchisi o'ng qanotdan to'pni havolatib raqib jarima maydonchasiga tashlab berdi. Eldor bosh bilan darvozaga zarba berdi, afsuski to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

14. GOL! "Ural" hisobni ochdi! Panyukov Dmitrov uzatgan pasni qaychi uslubida darvozaga joylab qo'ydi. 1:0

11. Rostovliklar markazda to'pni raqibdan olib qo'yishdi va qarshi hujumga otlanishdi, Eremenko to'pni SHomurodovga uzatdi, Eldor esa to'pni o'ziga to'g'irlab darvoza tomon zarba berdi. Ammo to'p futbolchimizning qarshisidagi himoyachiga tegdi va xavf bartaraf etildi.

9. Ayni damda to'pga egalik qilish bo'yicha kichik ustunlik "Rostov" tomonda. Mehmonlar hujum tashkil qilish uchun turli usullarni sinab ko'rishmoqda.

6. "Rostov" futbolchilari raqib maydonida pressing uyushtirib, to'pni olib qo'yishga urinishmoqda. Urinishlar bazida muvaffaqiyatli, bazida esa aksincha yakun topmoqda.

4. Uchrashuvdagi ilk zarba "Rostov" yarim himoyachisi Popov tomonidan ijro etildi. Uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

3. Maydon markazida Eremenkoga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Hakam kartochka bermadi, ammo qoidabuzarni jiddiy ogohlantirdi.

1. Uchrashuv boshlandi!

- Assalomu alaykum hurmatli Championat.asia sayti o'quvchilari, bir necha soniyalardan so'ng "Ural" hamda "Rostov" o'rtasidagi uchrashuv start oladi. Rostovliklar safida o'zini ko'rsatayotgan hamyurtimiz Eldor SHomurodov o'yinini birgalikda kuzatib boramiz.


TAS-IX emas



16:00. "Ural" - "Rostov" 2:2 LIVE

Gol: Panyukov 14, Ilin 81 - SHomurodov 67, Sigurdarson 85.

"Rostov": Pesyakov, Kozlov, Sigurdsson (s), CHistyakov, CHernov, Normann, Bayramyan, Eryomenko, Popov, Ionov, SHomurodov. 

Zaxira: Baburin, Frolkin, Vilyush, Zuev, Xajikadunich, Sigurdarson, Glebov, Logashov, Saplinov, Dolgov.


"Ural": Godzyur, Merkulov, Emelyanov, Aroyan, Kulakov, Avgustinyak, Fidler, El Kabir, Bikfalvi, Dimitrov, Panyukov.

Zaxira: Baklov, Ilin, Polyakov, Nasirov, Golubcov, Egorichev, SHabolin, Yusupov, Bavin, Magomadov, Pogrebnyak.

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика