Uornok: “O'z o'yinimizni topib olgunimizcha, hisob 0:2 bo'lib ulgurgandi”
23 dek 2018 09:04
Yangiliklar
Uornok: “O'z o'yinimizni topib olgunimizcha, hisob 0:2 bo'lib ulgurgandi”
“Kardiff” bosh murabbiyi Nil Uornok APL 18-turida MYUdan (1:5) uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.
“Birinchi o'tkazib yuborgan golimiz – bu havaskorlar ligasi darajasidagi gol bo'ldi. Biz bahsni yaxshi boshladik. Ammo buni tushunib etgunimizcha, hisob 0:2 ga o'zgargan edi. Tanaffusdan keyin oradagi farqni yo'qqa chiqara olamiz, deb o'ylagandim. Biroq tanaffusga qadar yana ahmoqona gol o'tkazdik. Tanaffus vaqtida ham bitta gol ursak, nimanidir o'zgartira olardik, menimcha. Biroq yakuniy natija odamni xafa qildi.
Bizni “Kristal Pelas” va “Lester”ga qarshi muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Biz safarda yaxshiroq o'yin ko'rsata olishimizni bilamiz”, deydi Uornok BT Sport efiriga bergan intervyusida.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar