So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  184 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  1 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  18 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Universitetga o'qishga kirgan, futbol kurorti yaratishni orzu qiladigan "Lester"ning ajoyib o'yinchisi Yangiliklar

Universitetga o'qishga kirgan, futbol kurorti yaratishni orzu qiladigan "Lester"ning ajoyib o'yinchisi

Siz yaqin orada Uilfred Ndidini eshitgan yoki ko'rgan bo'lishingiz mumkin: "Lester" yarim himoyachisi APL 2-turida "CHelsi"ga qarshi o'yinning asosiy qahramoniga aylandi (1:1).

Nigeriyalikning xato o'yini tufayli londonliklar hisobni ochishdi, ammo ikkinchi bo'limda futbolchi bosh bilan yo'llangan zarbasi bilan to'pni darvozaga joylab, o'z xatosini to'g'riladi.

So'nggi ikki yil ichida Ndidi "Lester"ning eng muhim o'yinchilaridan biriga aylandi.  U jamoaga 2017 yilning yanvarida qo'shildi va tezda asosiy o'yinchi bo'lib oldi. O'tgan mavsumda 22 yoshli tayanch yarim himoyachi orqali jamoaning to'liq himoyasi qurildi.

• Ndidi raqibdan to'pni olib qo'yishda peshqadam - har bir o'yinda o'rtacha 3,8 marta.

• Havodan kelgan to'pni qabul qilishda peshqadam - o'rtacha bir o'yinda 2,2 marta.

• Mavsum davomida undan faqat Kasper SHmeyxel ko'proq o'ynadi (38 o'yin), Ndidi esa 37 o'yin o'tkazdi.

SHunday qilib, klub N’Golo Kante o'rniga yaxshigina o'rinbosar topdi.

Bu yozda Ndidi deyarli dam olmadi - iyun oyida Nigeriya terma jamoasi Afrika kubogidagi yurishini boshladi, eng ko'p o'yin o'tkazdi va uchinchi o'rinni egalladi. Uilfred 7 ta o'yinning 6tasini asosiy tarkibda boshlagan.

Aftidan, dam olish Ndidi uchun to'g'ri kelmaydi. Bu yil futbolchi Lesterdagi De Montfort universiteti(DMU)da "biznes va menejment" yo'nalishida o'qishni boshladi. O'tgan yili talabalar bilan suhbatlashgach, kursga yozilishga qaror qilgan.

"Universitet xodimlari bu erda o'qishim mumkinligini aytganda juda xursand bo'ldim", - deydi Ndidi.  – Men ushbu kursni bitirishni istayman, chunki Nigeriyada bizda maktabga borish imkoniyati yo'q edi. Men rivojlanishni va yangi narsalarni o'rganishni xohlayman".

 

Ndidi shuningdek, "Lester" mashg'ulotlaridan so'ng, bo'lib o'tadigan kechki mashg'ulotlarga ham qatnashini aytib o'tdi. Jamoadoshlari uning universitetda o'qiyotganligini hatto bilishmaydi, ammo Uilfred ushbu intervyu chiqqandan keyin ular buni bilib olishlari mumkinligini malum qildi.  

Ndidi ustozlarini maqtadi va uning talim maskani futboldan keyingi hayotga tayyorlashiga umid qilmoqda: 

“Bu erdagi o'qituvchilar juda ajoyib, menga yordam berishga astoydil harakat qilishadi. Ular shunchaki kitob o'qishning o'rniga, menga ko'p narsalarni tushuntirishga va mashg'ulotlar jadvalimga mos tarzda alohida vaqt ajratishadi.

Mening vatanimda ko'p bolalar maktabga bormaydilar, chunki ularning ota-onalari bunga qodir emaslar. Men odamlar yashab, futbol o'ynashlari mumkin bo'lgan futbol kurortini yaratmoqchiman. U erda talim olish imkoniyati ham bo'ladi. Odatiy hayotingizga bog'liq bo'lmagan narsalarni o'rganish juda muhim deb o'ylayman".

Ndidiga "Lester" juda yoqadi - yarim himoyachi bu erda rafiqasi bilan yashaydi. ular shu yilning may oyida turmush qurishdi. "Lester"da do'stona va samimiy insonlar juda ko'p - men o'zimni uydagidek his qilaman", - deydi Uilfred. - Bazan mashinamni DMUdan uzoqroqqa qo'yaman, chunki kampus(universitet binosi)gacha sayohat qilib, piyoda boraman. Menga bu juda yoqadi”.

Ndidi chindan ham Nigeriyada kerakli bilimlarni olmagan - u mashg'ulotlar tufayli ko'pincha o'qishini o'tkazib yuborgan. 

“Mening otam ishi tufayli futbolga unchalik qiziqmasdi - u harbiy xizmatchi edi. U mening futbol o'ynashimni istamasdi. SHu bilan birga, u harbiy bo'lishiga qaramay, meni o'zining izidan harbiy xizmatga yubormadi. Maktabga borishimni xohlardi. Biroq, futbol tufayli darslarni ko'p qoldirardim”.

Otasiga bildirmasdan (otasi xizmat safarida edi) Ndidi "Nat Boys" akademiyasiga kirdi - u Ndidining ona shahri Lagosda edi. Uilfred shu zahotiyoq, porladi - U17 terma jamoasiga kirib, Afrika yoshlar chempionatida qatnashdi. Keyin otaning tanlovi baribir o'zgardi - u o'g'lini to'liq qo'llab-quvvatladi. Ndidi tinimsiz mehnat qildi - Nigeriyadan chiqib ketib, 17 yoshida "Genk" ko'rigida bo'ldi.  Aynan o'sha erda yuqori darajaga chiqdi. O'zining orzusini amalga oshirgach, Uilfred endi navbatdagi vazifani - otasining orzusini amalga oshirishni boshladi.

SHerzod Nurmatov tayyorladi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика