So’nggi yangiliklar

12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  5 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   1 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  1 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  1 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  7 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  14 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  7 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  32 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  8

Uning sharofati tufayli "Manchester Yunayted" super transfer amalga oshirgandi Yangiliklar

Uning sharofati tufayli "Manchester Yunayted" super transfer amalga oshirgandi

11 yoshli bolakay Angliyaning eng katta klubidan iqtidorli futbolchini xarid qilishini so'ragani haqida tarix.

Ruanning ushbu transferdagi kichik xizmati shunchaki qog'oz kartonga qora marker bilan o'sha mashhur yozuvni yozgani bo'lgan, hozir u kulib mana shuni ayta oladi:

"Balki men bo'lmaganimda Runi "Manchester Yunayted"ga o'tmagan bo'lardi, deb doimo o'ylayman"

U 16 yil oldin dunyoning eng qimmat futbolchisi bo'lgan, "Manchester Yunayted" tarixida eng yaxshi to'purarga aylanib, 11 sovrin qo'lga kiritgan, Ser Aleks Fergyusonning ajoyib quroliga aylangan futbolchining tanishtiruvida ishtirok etgan.

Ueyn Runining tarixini barcha biladi. "Everton"ning mo'jizakor bolakayi 27 mln funt evaziga 2004 yili "Yunayted"ga o'tdi va 10 yildan keyin Angliya termasida sardorlik bog'ichini taqdi.

Biroq Ruanning ushbu transferdagi rolini ko'pchilik ham bilmaydi. Balki ushbu go'zal tarixning boshlanishi 11 yoshli muxlisning qo'lidagi: "ILTIMOS, RUNINI SOTIB OLING" deb yozilgan banneridagi yozuvni ko'rib, MYU rahbarlari "Everton" so'rayotgan mablag'ni to'lashga turtki bo'lganini tasavvur qilish qiyindir.

25 avgust kuni ECHL doirasida Buxarestning "Dinamo" jamoasiga qarshi o'tgan uchrashuv vaqtida Ruanning qo'lidagi yozuv televizorda butun dunyoga ko'rindi. Oradan 6 kun o'tib, transferlar oynasining yopilishiga 7 soat qolganida Runi "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylandi.

Fergyusonning aytishiga ko'ra, 18 yoshli Runi uchun to'langan mablag'ni ko'rib ajablanganlar, qoshlarini chimirib qo'yishgan. Vaholanki, transferdan bir kun oldin "Yunayted" o'z maydonida "Everton"ga qarshi o'ynagan va uchrashuv vaqtida "Everton" direktorlari kengashida faoliyat olib borgan inson o'zining iqtidorli futbolchisi "Yunayted"ga deyarli tekinga ketayotganidan noligan. Biroq Ruanning qo'lidagi banner mankunianliklar rahbariyati uchun o'ziga hos manoda turtki bo'lib turgan.

Tabiiyki, Ruan ham nimalarni xohlayotganini bilgan. "Old Trafford"ga doimiy tarzda akasi Tom, otasi Imonn bilan keladigan Ruan "Yunayted"ga qarshi o'ynayotgan Runining o'yinlarini 2 bora tomosha qilgan. Uchrashuvlarning birida Runi o'yinning deyarli yakunida zaxiraga olingan va Gari Nevill bilan kelishmovchilikka borgan, shuningdek, yana bir o'yinda esa u tribunada o'tirgan Ronaldu tomon "yoqimli" so'zlar aytgandi.

"U unchalik qo'rqinchli ko'rinmasdi, ammo yonidagi odamning kimligi unga qiziq emasdi", - dedi hozir 27 yoshga kirgan Ruan. "U 10dan 9 holatda yonidagi 3-4 raqibini aldab o'tadi va gol uradi. Bu ish unga cho't emas".

"Uning vunderkind ekanligini doimo ko'rib turardik. "Arsenal"ga urgan super golini yodga olishning o'zi kifoya qiladi. "Uning ismini eslab qoling" (sharhlovchi shunday degan), aslida shunday bo'lishi ham kerak edi. "Elland-Roud"dagi ushbu golni yoddan chiqarib bo'lmaydi. U maydonga tushdi, u himoyani taxlikaga soldi, u to'pni darvozaning yuqori burchagi tomon tepdi".

Keyinchalik Runi Evro-2004da Angliya termasi tarkibida o'ynadi. Ruan esa shunchaki Runining MYUga o'tishini istadi. Yozuv ko'tarib olish esa g'oyasi esa yoqimli asarning debochasi edi.

"Men va oilamiz Franciyadan qaytayotgan edik va yo'lda vino sotadigan ulgurji do'konga kirdik. Bir necha qutilar sotib olishdi.

Uyga qaytganimizda barcha gazetalar faqatgina Ueyn Runi haqida yozayotgandi. "Nyukasl" ilk taklifni amalga oshirgan va 20 mln taklif qilgan.

Oldimizda ECHL saralash bosqichi doirasidagi o'yin kutib turardi va bundan o'tishimiz shart edi. O'shanda dadam menga: "Sen qutiga nimadir yozib ol va uni kamera oldida ko'rsatishga urun", dedilar. Biz "ILTIMOS, RUNINI SOTIB OLING", deb yozishga kelishib oldik.

O'yin kuni kelganida esa: "Buni bajarish kerak", deb qatiy ahd qildik. Buvim marker topib keldilar va ushbu so'zlarni qutiga yozdilar. O'sha yozuv buvimniki edi".

O'sha kuni kechqurun Ruan "Old Trafford"ga Buxarestning "Dinamo"siga qarshi o'yinga bordi. "Stretford-End"dagi joyi va ko'rinishi bilan u barcha kameralarning diqqat markazida bo'ldi.

"W13 chiqish joyi", - dedi u.

"Qo'limdagini tunnel tomon ko'rsatdim va fotograflardan biri buni ko'rdi va bu orqali u Runi bilan bo'lib, ushbu voqeani biroz ochiqlash imkoniyatiga ega bo'lardi. Tanaffus vaqtida yuzaga kelgandi o'sha vaziyat. Ota-onam qo'ng'iroq qilib: "Gabbi Logan sen ITVda gapirib o'tdi", - deyishdi. 11 yoshli bolakay uchun barchasi qiziq edi".

Futbolchi kelishuvga erishib, voqealar yoqimli yakun topganidan keyin "Manchester Evening News"da ishlaydigan "Yunayted"chi muhbir Styuart Mettison 11 yoshli bolakay Ruan bilan bog'lanishga va maqola yozishga harakat qildi.

Ruan shunday dedi:

"SHartnoma imzolangan kuni otam Styuartga qo'ng'iroq qildi va: "Ser Aleks va Ueyn bilan ko'rishishning iloji bormi?", deb so'radi.

Bu qop-qorong'u xonada tuxumga o'q otib tekkizishdek gap edi. Biroq Styuart "Manchester Yunayted" menejerlari bilan gaplashdi. Hech kim yo'q demadi. Aksincha bu ajoyib g'oya edi. Endi uyimizdan "Old Trafford"ga etib borishimiz uchun bizda bir yarim soat vaqt bor"

Odatda mahalliy aholi vakili uchun stadionga etib borish unchalik qiyin ish emasdi, biroq Ruanning oilasi Lidsda yashardi, shu boisdan stadionga etib borish katta vaqtni olardi. Uning otasi Imonn Uaytenshouda katta bo'lgan, biroq Lids Universiteti Trinitida taxsil olgan va maktabni yakunlaganidan keyin shu shaharda qolishga ahd qilgandi. Undan tashqari, bolalarini "Manchester Yunayted" muxlisi qilib tarbiyaladi.

Lidsdan Manchesterga Pennina orqali borish juda qiyin. Nafas rostlamasdan ushbu yo'l orqali manzilga etib borish uchun 90 daqiqa kamlik qilardi.

Oldimizda beton quyadigan mashina ketardi. Soatiga 5 mil tezlikda ketayotgandik. "Old Trafford"ga etib olish anchagina qiyin bo'ldi"

Keyinchalik ular tezlikni oshirishdi, Ruanning otasi esa tezlik bilan "Old Trafford" eshigini taqillatdi.

"Yunayted"dan bir odam mashinada keldi va: "Vaqt bo'ldi", - dedi. Bizning atigi 5 daqiqa vaqtimiz bor edi, keyinchalik tunnel orqali meni "Old Trafford"ga olib chiqishdi. Huddi barchasi tuman ichida bo'layotgandek edi.

O'zimni yo'qotib qo'ygandim, Ser Aleks esa meni quchoqlab oldi va qo'llari bilan boshimni silab qo'ydi. U juda ham boshqacha ko'rinardi.

U mendan: "Kiyimingda qaysi futbolchining ismi yozilgan?" deb so'radi: "Smit, 14 raqamli".

"8-raqamli Runi" biroz yaxshiroq bo'lardi, biroq men "Lids" muxlislari ko'p bo'lgan maktabga borardim, "Manchester Yunayted" esa "Lids"ning tilla yigiti bo'lgan Alan Smit bilan shartnoma imzolagani uchun mening sevimlilarimdan biri edi.

Runi o'shanda deyarli hech nima demagan, chunki o'shanda u 18 yosh edi. U ham men kabi barcha narsadan hayratlanib turavergandi. Uning qo'lidan imzosi tushirilgan libosni olish menga baxt keltirgan. Hozir o'sha libosni uyimda saqlayapman"

Joning ovozlarida hali ham hayratlanish hissi saqlanib qolgan:

"Bu rostdan ham boshqacha tajriba. "Sky Sports" muhbirlari uyimizga kelishgan. Uyimizda buning kassetadagi yozuvi qolgan, borsam doimo o'zimni tomosha qilib turaman. Umuman olganda "Runining MYUga o'tganidan xursandman" degan gapga katta urg'u berganman. Lekin shu joyini olish uchun deyarli 10 bora takrorlaganman".

Ammo keyinchalik tarix boshqacha yo'nalishda ketdi. 2013 yilning yozida u o'z fikrini o'zgartirdi va "Manchester Evening News" nashriga "ILTIMOS, RUNINI SOTIB YUBORING" sarlavhasi ostida intervyu berdi.

Jo futbolchining 2010 yilgi gaplaridan hafa edi, o'shanda Runi jamoadan ketish istagi borligini aytgandi. Ser Aleks ketadigan mavsumda ham u shu gapini takrorlagandi.

"U jamoaga katta futbolchilar kelishini istagandi. Ronaldu va Teves ketganidan keyin esa uning jahli chiqdi. Van Persi jamoaning asosiy hujumchisiga aylanganidan keyin esa Runidan nimani kutsak bo'ladi?", - dedi Jo.

Bu safar uning iltimosi erda qoldirildi, Runi esa yangi bosh murabbiy Devid Moyes qo'l ostidagi jamoada qoldi va klub bilan yangi shartnoma imzoladi. Oradan biroz o'tib, u bir klub safida gol urish borasida Ser Bobbi CHarlton rekordini yangiladi.

O'tgan oyda "Yunayted" muxlislari Angliya Kubogi doirasidagi o'yin vaqtida Runining qo'shig'ini kuylashayotgan paytda Ruanning o'zi yo'q edi.

"Derbi Kaunti"ga qarshi o'yin uchun menda chipta bor edi. Biroq kasal edim va o'yinga bora olmadim", - dedi u.

Ha, u Runining harakatlaridan mamnun emasdi, agarda u gol urganida Ruan ham qarsak chalishga tayyor edi.

"Sen undan yanada qattiqroq hafa bo'lishing mumkin. Biroq "Yunayted" uchun jonini berganini tan olishing kerak. Uch yil oldin bu borada gapirish men uchun og'ir edi. Lekin sizlar men bilan faktlar borasida bahslashmang. Tan olaman, Runi juda ko'p sovringa ega chiqqan.

U kerakli paytda etakchilikni o'z qo'liga olgan, Ronaldu ketganidan keyin ham ko'plab gollar urgan. SHuningdek, u joy tanlamagan - yaxshi, u bugun chapda, ertaga o'ngda, hattoki markaziy yarim himoyada. U Angliya Kubogi finali doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda sardorlik bog'ichi bilan maydonga tushdi. Uning "Yunayted" g'alabalaridagi hissasi yuqori. Runi bu Runi"...

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика