Unai Emeri: “Natijadan xafaman”
29 okt 2018 09:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/460281_original.jpg)
![](/upload/storage/460281_220.jpg)
Unai Emeri: “Natijadan xafaman”
“Kristal Pelas” bilan qayd etilgan 2:2 hisobidagi durangdan so'ng “Arsenal” bosh murabbiyi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Natijadan xafaman. Ammo biz yaxshi ishladik. Durang qayd etdik, bu yomon emas. G'alaba qozongan yaxshi, ammo 90-daqiqaga to'liq nazar tashlansa, bu haqqoniy natija. Bugun biz 90 daqiqa maydonda jang qildik. Bizga muvozanat lozim. 2:1 hisobida oldinga chiqib olganimizdan so'ng o'zimizni xotirjam his qilishimiz uchun yana bitta gol kerakligini tushundim. Tanaffusda Jakaning imkoniyatlari asosida jarima va erkin zarbalar berish borasida gaplashdik. Unga jarimadan zarba berib ko'rishi haqida aytdim. U esa bajardi”,—deydi Emeri.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar