Unai Emeri: “Men optimistman”
15 fev 2019 08:40
Yangiliklar


Unai Emeri: “Men optimistman”
“Arsenal” ustozi Unai Emeri BATEga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
— Biz mag'lub bo'ldik. Xursand bo'ladigan narsa yo'q. Birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlar bo'ldi. Ammo raqib juda yaxshi himoyalandi. Tanaffusdan keyin ham xuddi shunday ahvol kuzatildi. Kelasi hafta boshqacha o'yin bo'lishiga umid qilamiz.
— Lyakazett qizil oldi. Hafsalangiz pir bo'ldimi?
— Albatta. Kelasi hafta u bizga yordam bera olmaydi. Vaziyatni ko'rmadim. SHuning uchun uning chetlatishi borasida bir fikr bildira olmayman.
— “Arsenal”ning keyingi bahsda g'alaba qozonishiga nima uchun ishonyapsiz?
— Men optimistman. Va o'z jamoamga ishonaman. Ushbu juftlikda bahsni o'z foydamizga hal qilib, keyingi bosqichga chiqimizga ishonaman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar