Unai Emeri: “Jamoa uchun xursandman”
11 mar 2019 09:10
Yangiliklar


Unai Emeri: “Jamoa uchun xursandman”
“Arsenal” bosh murabbiyi MYU ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Jamoa muxlislari bilan faxrlanaman. Ular bugun shunday natijaga erishishimizda bizga juda katta yordam berdi. MYU PSJ ustidan qozonilgan g'alabdan so'ng, yuqorida edi. Ammo biz juda yaxshi o'ynadik va uch ochkoga ega bo'lib, musobaqa jadvalida am yaxshi o'rinni qo'lga kiritib oldik. Jamoa uchun xursandman. Biz turli sxema va o'yinchilardan foydalanishimiz mumkin. MYU bilan bahsda esa avvalgi ikkita o'yinda qo'llagan taktikamizni o'zgartirdik. Bunday g'alaba bizga ishonch taqdim etadi. Endi esa Evropa Ligasida haqida o'ylash lozim. “Renn”dan qabul qilingan mag'lubiyatdan so'ng jamoaga yaxshi kayfiyat lozim edi. Muxlislar yana bizga yordam beradi deb umid qilaman”,—deydi Emeri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar