Unai Emeri: "Jaka yana "Arsenal" libosida o'ynaydimi yoki yo'q, buni bilmayman"

Alisher
9 noya 2019, 18:40
Londonning "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Unai Emeri "to'pchilar"ning sobiq sardori Granit Jakaning yana maydonga tushish yoki tushmasligini bilmaydi.

- Men murabbiy sifatida jamoaga javobgar shaxsman. Bizga Jaka kabi o'yinchilar kerak. Bilmadim, u yana o'ynaydimi. To'g'risi, u yana "Arsenal" sharafini himoya qiladimi yoki yo'q, buni bilmayman.

Ammo, Granit bizga hozir juda ham kerak, - Unai Emeri.

Futbolchi joriy mavsum APLda 9ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: BBC