Unai Emeri: “Biz g'alabadan mamnunmiz”
19 apr 2019 09:30
Yangiliklar


Unai Emeri: “Biz g'alabadan mamnunmiz”
“Arsenal” bosh murabbiyi Unai Emeri “Napoli” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Birinchi bo'lim omadli o'tdi. Boisi biz gol urdik va raqibga hujum qilish uchun imkoniyat taqdim etmadik. Ikkinchi bo'limda esa juda yaxshi himoyalandik. Ikki o'yin natijasiga ko'ra “Napoli”ni ustidan qozonilgan g'alabadan mamnunmiz. “Valensiya” — bu yaxshi o'yinchilar ega juda ajoyib jamoa. Oson bo'lmaydi. Remzi mushaklaridan jarohat oldi. Odatda bunday jarohatlar bitishi uchun bir necha hafta ketadi”,—deydi Emeri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar