Unai Emeri bilan intervyu
22 avg 2016 22:10
Yangiliklar
Unai Emeri bilan intervyu
– Mashg'ulotlarda o'yinchilar bilan teng yuguryapsiz, ular bilan faol muloqot qilyapsiz. Uslubingiz shundaymi?
– Uslubim o'z-o'zidan shakllangan. Mashg'ulot mobaynida yordamchilarim bilan o'yinchilarga nisbatan yaqin munosabatda bo'lamiz, chunki bu hozir biz berayotgan yuklamalar paytda va faollikni talab qilayotganimizda juda muhim. Bizning bunday faol ishtirokimiz mashg'ulotni yaxshiroq his qilish va futbolchilarning ishlashini anglashda yordam beradi.
– Bu futbolchilarni yaxshiroq bilishga ham yordam beradimi?
– Yo'q. O'yinchilar bilan birga turganingizda ular faolikni qo'shish talabini yaxshiroq ado etishadi.
– Maydonda o'yinchilar bilan yaqin munosabatdasiz. Undan tashqarida-chi?
– Muloqotning maydonda tugamasligi afzalroq. Birinchi navbatda ishchan munosabatni o'rnatish lozim. Agar bu nasib etsa, shaxsiy darajada ham aloqa bo'ladi. Professional talablarim shunday: bor kuchni berish kerak.
– PSJda uch haftadan beri ishlayapsiz. Jamoa qanday?
– Undan juda qoniqyapman. Yigitlar barchasini qanday kerak bo'lsa, shunday bajarishyapti. Bu tushunarli – yangi murabbiy keldi. Umid qilamanki, 5 yoki 7 oydan keyin ham hamma shunday ruhda ishlashda davom etadi.
– Bunga shubha bormidi?
– Yigitlarga buni gapirgandim – kimdir Evropa chempionatidan, boshqa birov Amerika Kubogidan ixtiyorimizga uchib keldi. Yig'inga barcha etib kelganda yana takrorlayman: siz katta ishni ado etdingiz, siz – g'olibsiz, hurmatga loyiqsiz, lekin men allaqachon yaxshi ko'rinishga keltirilgan jihatlarni yanada o'stirish uchun keldim. Bu qiyin vazifa. Men uchun esa sinov. Hammasi yaxshi bo'lishi uchun jamoadan faqat mehnat va sabr talab qilinadi.
– O'yinchilar mashg'ulotlardagi katta yuklamalar haqida gapirishmoqda.
– Klub kimligimni bilgani uchun taklif qildi. Kuchli futbolchi bo'lmaganman, ammo murabbiy sifatida o'sdim. CHunki futbol qonimda bor. Bobom darvozabon bo'lgan va Ispaniya Kubogi ikki marta yutgan. Otam ham professional darajada o'ynagan. Oilamizda futbol ko'p narsani bildirardi. Men shu muhitda ulg'aydim. O'yinchilik faoliyatimni tugatishim bilan uchinchi divizion klubi murabbiyiga aylandim. Undan “Sevilya” bilan Evropa Ligasidagi uch g'alabagacha etib keldim. SHu sababli PSJ menga tasodifan taklif bildirmadi.
– Baribir bu sizni ajablantirmadimi?
– Evropa Ligasidagi g'alaba tan olinish va mashhurlikdir. Bir marta yutish yaxshi. Lekin yana va yana yutish oson emas. Bu faqat Jovanni Trapattoniga nasib etgan (u UEFA Kubogini uch marta “Yuventus” hamda “Inter” bilan yutgan). PSJ bilan ko'proq narsalarga erishishim mumkin deb o'ylayman. SHartnomaga imzo chekishdan avval prezidentdan nega aynan meni taklif qilganini so'radim. U bunga javoban bir klub bilan Evropa Ligasini uch marta yutganimni va bu ishni uning jamoasi bilan davom ettirishimni so'radi.
– Allaqachon francuzcha gapiryapsiz. Tilni bilish ishga etibor berishda muhimmi?
– Ha. Taklif olganimning ertasi kuniyoq francuz tili darslarini boshladim. Bu tilni ozroq bilardim. Franciya chegarasidan uzoq bo'lmagan joyda o'sganman.
– Qaror qabul qilishda shtab bilan maslahatlashasizmi?
– Yordamchilarim, o'yinchilar bilan gaplashib, ularning fikrini tinglayman. Lekin oxirgi so'zni aytish menda qoladi. Barchasi uchun men javob beraman axir.
– Siz uchun o'rnak bo'lgan murabbiy bormi?
– “Valensiya”da to'rt yil ishlaganimda bu “Barselona”dan Pep Gvardiola bo'lgandi. U futbolga ko'p narsa berdi: taktika, o'yin madaniyati, o'yinchilarning harakatlanishi bo'yicha. Yana umuman boshqa uslubda meni hayron qoldiradigan murabbiy bor – Diego Simeone. Uning jamoalari juda katta kuch bilan, keskin pressing qo'llagan holda o'ynaydi. Jamoam ham shunday harakat qilishini istardim. Yana menga Marselo Belsa yoqadi.
– Nima uchun?
– U tahlilchi murabbiy. Futbolchilarni biror narsani refleksda, o'z-o'zidan bajarishi uchun mashqlarni qayta-qayta bajarishga majbur etardi.
– Videodan foydalanishning katta ixlosmandisiz.
– Video ishimiz va raqib o'yinini tahlil qilishda juda muhim. Men jamoaviy tomoshaning tarafdoriman.
– Rostdan ham bunga kuniga 2-3 soat sarflaysizmi?
– Ha, haftasiga 2 yoki 3 marta yig'ilamiz. Bir yordamchim har bir o'yinchimizning individual harakatlarini tahlil qiladi, boshqa biri raqib o'yinini, men esa jamoaviy o'yinni – bizning va raqibning.
– PSJ qaysi sxemada o'ynaydi? 4-2-3-1?
– Faoliyatim boshida 4-3-3 sxemasidan foydalangandim. Keyin 4-2-3-1ga o'tganman. PSJ oxirgi yillarda 4-3-3 bilan o'ynadi, lekin boshqa uslubdan foydalanishi mumkin. Bu ikki sxema juda o'xshash va menga qay biri bilan o'ynashning farqi yo'q. Muhimi, futbolchining maydonda qanday harakatlanishidir. Sxema esa o'yinning malum lahzasidagi suratga o'xshaydi, lekin 10 soniyadan keyin boshqa surat olinsa, boshqacha sxemani ko'rasiz.
– Jamoa kuchayadimi?
– Zaxiramizda kimlar borligini bilishimiz kerak. Yoshlardan kimnidir jalb etarmiz. Kavani chapda ko'p o'ynadi. Endi uni markaziy hujumchi rolida sinaymiz, u bunga ruhan qanday tayyorligini tekshiramiz. Yangi sport direktorimiz Patrik Klyuyvert bilan ko'p gaplashamiz. Bu masalada shoshilish yaramaydi.
– Asosiy darvozabonni aniqlab oldingizmi?
– Yo'q. Menga ikki yaxshi posbon kerak. Kimdir jarohat olib qolsa bormi... Kim kuchli bo'lsa, o'shani maydonga tushiraman. Raqobat zarur. Kelganimda Trapp kuchliroq edi, endi Areola o'zini yaxshi ko'rsatmoqda.
–Sirigu-chi?
– SHartnoma bo'yicha u yana ikki yil o'ynab berishi lozim. Demak, bizda uch nafar yaxshi darvozabon bor.
– Prezident Al Xelaifi oldingizga qanday maqsad qo'ydi?
– Vazifa – CHempionlar ligasini yutish darajasida o'sib borish. Bu tushunarli. CHempionat va milliy kuboklar haqida unutish kerak emas. Franciya chempionatini yutish osonligini aytishganda shunday javob beraman: “Oson, qachonki ko'p ishlasang”.
Behzod NAZAROV tayyorladi.
Fikrlar