So’nggi yangiliklar

14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  13 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  1 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  5 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  21 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2

Unai Emeri "Arsenal"da yoxud o'rtamiyona klub uchun o'rtamiyona murabbiy Yangiliklar

Unai Emeri "Arsenal"da yoxud o'rtamiyona klub uchun o'rtamiyona murabbiy

Teglar :  ArsenalOmonjon
"Arsenal" shuncha ishdan keyin ham tavakkal qilishga kuch topa olmadi.

Butun bir davrdan so'ng, Arsen Venger klubni tark etishi aniq bo'lgach, "Arsenal" oldinda nimalar kutayotganini aytib bo'lmas, katta eshiklar ochilgandi.
So'nggi yillarda ayniqsa klub murabbiylari oldida vaziyatni o'nglash uchun jiddiy qaror qabul qilish va jamoada ko'p narsani o'zgartirish vaqti kelganini tan olishdan boshqa yo'l qolmayotgandek edi. Vaziyat "Imoratning kattagina qismini buzib, boshidan qurishni" talab qilardi. Venger janoblari ketar chog'i, bosh mag'rur tutgancha, sal kam chempionlikka nomzod jamoa qoldirayotganlarini aytdilar, ammo qolayotgan merosga jiddiy shubha bor. "Arsenal"da asosiy tarkib borasida, jamoa tuzilishi, tanlagan rivojlanish yo'li borasida muammolar mavjud.

Butun dunyoda bo'lgani kabi, yurtimizda ham "Arsenal"ning sodiq muxlislari etarlicha topiladi. Ammo ularning ham sabr kosalari to'lib-toshgani bor gap. Har mavsum avvalida ular umid bilan kelajakka boqadilar va shu mavsum sevimlilari sovringa ega chiqishlari, yana chempion bo'la olishlariga ishongilari keladi. Mikel Artetaning jamoa bosh murabbiyi lavozimini egallashi haqidagi gaplar esa, ularga xush yoqqandi. Sababi "Barselona" maktabi bitiruvchisi, aqlli futbolchi murabbiylik faoliyatining boshida turgan bo'lsada, "Arsenal" falsafasi bilan yaxshi tanish, hamda Venger va Gvardiola shtabida ish o'rgangani ham unga katta foyda keltirish aniq. Arteta londonliklar uchun yo qo'rqinchli tush, yo omadli chipta bo'lishi mumkin edi – bu "va-bank" varianti bo'lardi. SHuncha yildan keyin "Arsenal" nihoyat tavakkal qilishga yaqin kelgandi.


Ammo, lekin, biroq... Yana yo'q. Arteta transferlar uchun 50 milliondan ko'proq mablag' va kerak bo'lib qolsa, rahbariyat qo'llab-quvvatlashi haqida shart qo'ydi. Mikel rahbariyat unga chindan ishonishini bilmoqchi edi. "Arsenal"dagilar esa unga bunday vadalar berishmadi va osonroq, ammo salohiyat bo'yicha yutqizishga tayyor variantga murojaat qilishni yaxshiroq deb bildi. Unai Emeri – hozirgi "Arsenal"ga juda mos murabbiy, sababi klub muammolarini xuddi oyna kabi aks etib turibdi.

Ispaniyalik Franciyada ancha-muncha sovrin yutgan bo'lsa ham, maqtanishga arziydigan biror narsasiz ketmoqda. SHayxlar unga chegaralanmagan byudjet qilib berishdi, bir nechta yulduzlar xarid qilindi – barchasi parijliklarning yangi brendini dunyoga tanitish va Evropa futbolida hukmronlik o'rnatish uchun edi. Ammo PSJ hamon faqatgina ichki chempionat gegemoni bo'lib qolmoqda, qizig'i uning Franciya chempionatidagi o'yinlarini tomosha qilish Bundesligada "Bavariya" har safar chempionlikni qay tarzda qo'lga kiritishidan ham zerikarliroq bo'lib qoldi.

Emeri tarkibdagi yulduzlar "fonida" yo'qolib qoldi. Ikki yillik faoliyati davomida u na bir taktik harakati bilan va na bir top-menejment sifatida yodda qololmadi. PSJ bu safar chempion bo'lishida asosiy ishni Neymar bajargan bo'lsa, ikkinchi o'rinni Mbappe va Kavani o'zaro bo'lishib olishdi. Emeri uchun o'tgan mavsumdan yodda qolgan narsa bu faqatgina "Barselona" ijrosidagi tarixiy kambekda ishtirok etgani bo'ldi. Yana yoz keldi, Emeri yana anchagina pulni ishlatib qo'ydi, ammo bu safar ham arab shayxlari kutgan voqea yuz bermadi. Yo'ldan Madridning "Real" klubi chiqib qoldi va sovuqqon murabbiy va chin manoda top futbolchilar raqibni uyiga kuzatib qo'yishdi.

Ha, murabbiy "Sevilya" bilan uch bor Evropa Ligasida zafar quchdi, ammo  Evropa futbolining klublar o'rtasidagi aynan ikkinchi darajali musobaqasi Unai uchun "potolok" ekan. Ha, Emeri Liga 1 da natija ko'rsatdi, ammo "Monako" o'yinchilarini ulgurji narxlarda sotib yuborgandan so'ng, u erda parijliklarga kim qarshi chiqa olardi? SHunday jamoa qoldimi?

Emeri – "Arsenal"ga stabillik bera oladi, ammo yangi darajaga olib chiqmaydi. Kutmang undan bunaqasini "Arsenal"ning hurmatli muxlislari. Rahbariyat tavakkal qilib, tajribasiz bo'lsada, "kanonirlar"ni yangi bosqichga olib chiqishi mumkin bo'lgan Artetaga ishonch bildirishga botinolmadi. Asosis muammo ham asli shunda, klubda og'irroq kursilarni egallab o'tirganlar Artetaga boshqaruvni berishsayu, uning ishlari umuman yurishmasa ham, holat hozirgidan unchalik katta farq qilmasdi.

Emeri har holda hozircha Evropa Ligasi, yoki Franciya Kubogini yuta oladigan, ammo chinakamiga kuchlilar davrasida o'zini yo'qotib qo'yadigan murabbiy. U buni bir necha bor isbotlab bo'lgan. U bor narsaga biroz bezak berishi mumkin, ammo yo'qdan bor qila olmaydi, jamoani boshidan qurishga qodir emas.  

Xoakin, Emeri qo'l ostida "Valensiya"da to'p tepgan futbolchi shunday xazil qilgandi: "Emerida shunchalik ko'p o'yinlarning videolari borki, men qancha harakat qilmay popkornim tugab qolaverardi". Uning jamoalari taktikaga katta etibor beradi va doimo bir xil, biroz zerikarli o'yin namoyish etadi. O'yin kartinasini faqatgina kimningdir individual harakatlari o'zgartirishi mumkin. Agar voqealar rivoji rejadagidek ketmasa, hammasi tamom deyavering – buni yaqinda PSJning "Real"ga qarshi o'yinlarida ham ko'rdik, guvohi bo'ldik.

Bundan tashqari Emeri futbolchilar orasida "avtoritet"ga ega emas. Balki aynan shuning uchun uning jamoalari ham psixologik tomondan kuchsizdirlar. PSJ bu tarkibi bilan murabbiysiz ham Franciya chempionatini yutib qo'yaverardi. Uzunquloq gaplarga ko'ra, futbolchilar ochiqchasiga Emerini mensimay qo'yishgan, murabbiy esa barchasi yaxshidek yuraverardi.

Umuman olganda, Emerining kelishidan ijobiy jihatlarni ham izlab topish mumkin. U "Arsenal"ning darajasini ushlab tura oladi va evrokuboklardagi natijalarni yaxshilaydi. Aniqrog'i, Evropa Ligasidagi natijalarni. Boshqa tarafdan "Arsenal" hozir o'zining oltin davridagi darasidan biroz pastlagani ham turgan gap.

Bu vaziyatda "Arsenal" muxlislari Ozil franciyalik hamkasbi Verrattiga nisbatan gapga quloq soladigan, Obameyang va Lyakazett esa Emerini bir chetga surib, maydonga kim tushishini o'zaro hal qilmasliklariga umid qilib qolishadi.

Londonliklar o'zlarini Gvardiola va Klopp ham so'nggi yillarda CHempionlar Ligasida g'alaba qozona olmagani bilan ovutishlari mumkin, ammo bu murabbiylarning o'z o'yin uslubi, falsafasi bor. Klopp ham, Pep ham jamoasi qanday o'ynashi kerakligi, buning uchun futbolchilar qanday harakat qilishlari zarurligi borasida tasavvurga egalar. Iqtidorli yoshlar ularning jamoasida to'p surishni orzu qilishadi. Unai Emeri shu kabi jihatlar bilan maqtana oladimi?

"Arsenal" malum vaqt Emeri bilan o'rtamiyona klublar darajasida "o'ralashib" qolib, keyin baribir tavakkal qilib, haqiqiy erkak murabbiy topishi lozim. Aynan o'sha murabbiy "uyqudagi" "to'potarlarni" uyg'otadi. Hozircha esa barchasi "ideal": o'rtamiyona klub uchun o'rtamiyona murabbiy

Reyting: -48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика