Umtiti yangi haftada safga qaytadi
13 okt 2019 09:44
Yangiliklar
Umtiti yangi haftada safga qaytadi
“Barselona” himoyachisi Samyuel Umtiti to'liq jarohatdan forig' bo'lib, safga qaytish arafasida.
Franciyalik himoyachi barcha futbolchilar terma jamoa ixtiyoridan klubga qaytganda “Barsa” bilan umumiy mashg'ulotlarga kirishadi, deya xabar bermoqda Marca.
Keyingi haftada kataloniyaliklar safarda “Eybar”ga qarshi maydonga chiqishadi. Himoyachi zahiradan maydonga tushib, bir necha daqiqa harakat qilishi mumkin.
“Barsa” rahbariyati Umtitini noyabr oyining o'rtalarida asosiy tarkibga kirish uchun kurashga kirishishiga ishonmoqda.
Joriy mavsumda Samyuel hozircha birorta o'yinda maydonga tushgan yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar