Umtiti Franciyadan jamoa topdi
01 iyu 2022 00:40
Yangiliklar
"Barselona" klubi himoyachisi Samuel Umtiti tez orada jamoani tark etishi kutilmoqda. Umtitiga "Renn" klubi qiziqish bildirmoqda. Xabar qilinishicha, francuz klubi "Barselona" bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Avvalroq, "Barselona" futbolchi o'ziga yangi klub topishi uchun Umtitiga qo'shimcha bir hafta tatil taklif qilgani xabar qilingandi.
28 yoshli markaziy himoyachi o'tgan mavsumda La Ligada atigi 1 ta o'yin o'tkazdi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan bitimi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi.
Fikrlar