Umtiti “Barselona”dan ketmoqchi emas

24 iyul 2020, 08:36
Fransiyalik futbolchi Kataloniyada qolish istagida.

“Barselona” himoyachisi Samyuel Umtiti shartnomasi yakuniga qadar klubda qolishni rejalashtirgan. Uning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yozida yakuniga etadi. Shuningdek, futbolchi ushbu shartnomani uzaytirish haqida ham o'ylamoqda. Avvalroq “Barselona” futbolchiga yangi jamoa izlashi kerakligi haqida aytgani borasida xabarlar tarqalgandi.

Qayd etish joiz, Umtitining xizmatlariga ayni damda “Napoli”, “Lacio”, “Roma”, “Torino” kabi klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo