Umtiti "Barsa"dan ketmoqchi emas. Ammo klubga himoyachi kerak emas
27 mar 2023 17:19
Yangiliklar
Umtiti "Barsa"dan ketmoqchi emas. Ammo klubga himoyachi kerak emas
Samyuel Umtiti faoliyatini "Barselona"da davom ettirishni xohlaydi.
Bu mavsum 29 yoshli himoyachi ijarada "Lechche" klubida to'p tepmoqda. U Kataloniya klubiga qaytishdan xursand bo'ladi va "Barselona" moliyaviy qiyinchiliklar sabab yangi futbolchilar sotib ololmasa, o'z xizmatini taklif qilishga tayyor.
Franciyalik futbolchida boshqa klublardan takliflar bor, lekin u "ko'k-anorranglilar"ning qarorini bilmay, muzokaraga kirishmaydi.
Takidlanishicha, "Barselona"dagilar futbolchining bu mavsumdagi o'yinlaridan mamnun, biroq hamkorlikni davom ettirish niyatida emaslar. Klub o'yinchi o'ziga yangi jamoa izlashi kerakligini malum qilish niyatida.
Umtitining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar