Ummonda chempion bo'lishimiz kerak!
03 jan 2014 18:04
Yangiliklar

Ummonda chempion bo'lishimiz kerak!
Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Ummonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadigan futbolchilari nomi malum bo'ldi.
Tarkibga nazar tashlagan o'quvchi bu terma jamoadan faqat va faqat musobaqa chempionligini kutishga haqli. Kuni kecha O'FF tomonidan mazkur musobaqada terma jamoa oldiga maqsad qo'yilmagani aytildi. Aslo bunday bo'lamsligi kerak, tarkibga nazar tashlar ekansiz, ozgina taktik bilim va shijoat chempionlikka etarli bo'lishini ko'rish mumkin. Yaponiya va BAA musobaqadagi asosiy raqibimiz bo'lishi mumkin. Ammo bizning guruhimizdagi jamoalar to'sig'idan hech qanday bahonasiz o'tishimiz lozim.
Quyida asosiy tarkibdan o'rin olishi mumkin bo'lgan 11 nafar futbolchini nomma-nom keltirib o'tiramiz. Malum sabablarga ko'ra, Eldor Suyunov Osiyo chempionatida ishtirok eta olmaydi. Hechqisi yo'q, Osiyo va jahon chempionatida ishtirok etib qaytgan Asilbek Omonov bor. Himoya chizig'ida "Paxtakor"da to'liq mavsumni o'kazgan Hoshimov va Ismatullaev. Xitoydan qaytgan Egor Krimec. Bu uch futbolchi 2 yildan beri OCHLda muntazam ravishda ishtirok etib kelayotganligini inobatga oladigan bo'lsak, biz chempion bo'lishimiz kerak. Faqatgina chap qanot himoyasidagi Fomin biroz o'rinbosarlar tarkibida o'tirib qoldi.
Yarim himoya chizig'ida raqobat kuchli. Vladimir Kozak va Dilshod Jo'raev ham tayanch yarim himoyasida, ham markaziy yarim himoyada birdek to'p tepadilar. Kozak ham ijodkor, ham buzuvchi futbolchi. Jamshid Iskanderov singari futbolchi Osiyo chempionatida bitta bo'lsa kerak. CHap qanot yarim himoyasida Sardor Rashidov. Mavsum kashfiyoti shu bilan birga MTJ azosi. Xo'sh, aytingchi, bizdan boshqa kim chempionlik uchun munosib?
Taxminimizcha, terma jamoamiz yaqqol ikkita hujumchi bilan o'ynamaydi. Ancha bo'lib ketdi, hujumkor o'yin ko'rsatamyotganimizga. Bunday pallada "Neftchi"ning bugungi kundagi sobiq azosi Sardor Mirzaev hujum ortida, oldinda esa yo Abduxoliqov, yo Sergeev harakat qiladi. Tarkib chakki emas, biz chempion bo'lishimiz kerak. Endi bahonalar o'tmaydi. U erda o'xshamadi, bu erda o'xshamadi degan. Gap tamom, muxlis uchun bitta o'rin bor, u ham bo'lsa birinchi.
Zaxirada o'tirganlar ham chakki emas. Har bir o'yinchi uchun munosib o'rinbosar bor. Bu musobaqa SHuhrat Maqsudov uchun katta maktab. Ammo debyut musobaqa deb, uni sinov maydoniga aylantirish kerak emas. Musobaqa o'z nomi bilan musobaqa va biz undagi ishtirokimizga qarab keyingi mavqeimiz yoki saviyamizni raqiblarga bildirib qo'yamiz. Qolaversa, Maqsudov oldida endi Ismoilov bor. Yoshlar bilan ishlashda ancha tajribaga ega va natijasi bilan isbotlay olgan.
Xullas, bahonalar o'tmaydi. Biz g'alabalarga tashnamiz va bu tarkib bilan buni uddalasa bo'ladi. SHu kunga etib keldik, musobaqada muvaffaqiyatsizlikka uchrashga haqqimiz yo'q!
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar