Ummon - Avstraliya. Prevyu
13 jan 2015 10:34
Yangiliklar

Ummon - Avstraliya. Prevyu
Avstraliya terma jamoasi Osiyo Kubogining 2-turida Sidney shahrida bo'lib Ummonga qarshi o'tkazadi.
Ochilish o'yinida Ange Postekoglu shogirdlari Quvayt ustidan irodali g'alabaga erishishdi - 4:1.
Ummon esa ilk turda Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib qo'ydi 0:1.
Avstraliya ham Ummon terma jamoasi ham Osiyo Kuboklarida uchinchi marta qatnashishmoqda Avstraliya 2011 yil finalga qadar etib borib musobaqada o'zining eng yaxshi natijasini qo'lga kiritgan. Ummon hozirga qadar qita chempionati final bosqichlarida umuman guruhdan chiqa olmagan.
Bu ikki jamoa barcha musobaqalarda o'zaro 7 marta to'qnash kelgan. Ummon bir bor g'alaba qozongan, uch marta durang qayd etilgan bo'lsa Avstraliya hisobida 3 g'alaba mavjud. To'plar nisbatida ham "sokkeruzlar" ustun - 9:5.
Ushbu jamoalar 2007 yilgi Osiyo Kubogida bir guruhdan o'rin olishgandi. O'shanda ummonlik Al Maimani hisobni ochgan hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Tim Keyxill gol urib yakuniy natijani o'rnatgandi - 1:1.
Dastlabki turda Ummon safida Abdulaziz Al Muqbali sariq kartochka oldi. Agar u bugun ogohlantirilsa uchinchi turni o'tkazib yuboradi. Avstraliyada hech kimda bunday xavf yo'q.
Ummon - Avstraliya
13 yanvar 2015. Sidney. "Avstraliya" stadioni.
Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Toru Sagara va Toshiyuki Nagi (ikkisi Yaponiya)
To'rtinchi hakam: Muhammad Taqi Al Jaafari (Singapur)
Beshinchi hakam: Jeffri Goh (Singapur)
Narzulla Saydullaev

Fikrlar