So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  7 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  7 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  37 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  33 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  102 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  10

Umidjon Ergashev: "Ishonchni oqlashga harakat qilaman" Yangiliklar

Umidjon Ergashev: "Ishonchni oqlashga harakat qilaman"

"Nasaf"ning umidli darvozaboni Umidjon Ergashev ham yangi mavsum haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Darvozabon yarim jamoa" degan gap bor. Mana jamoamizni Sanjar Quvvatov ham tark etdi. Klubimiz chetdan darvozabon qidirmasdan sizlarga, yoshlarga ishonch bildirmoqda bu sizni cho'chitmaydimi?

- Jamoamizdan mendan tashqari yana 3 nafar darvozabon bor. Bu ham biz uchu ham klub uchun foyda. CHunki raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Biz jamoadoshlarimiz bilan birgalikda darvozamiz daxlsizligini saqlagan holda ajoyib o'yinlarimiz bilan muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

- O'tgan mavsumlarda sizni Denis Ivankov shug'ullantirgandi hozirga kelib esa Mixail Naumov bilan mashulot olib bormoqdasiz. Bu ikkala murabbiy orasidagi farq seziladimi?

- To'g'ri Denis Aleksandrovich ancha tajribali murabbiy hisoblanadi. Biroq Mixail Konstantinovich katta tajribaga ega chunki o'z vaqtida oliy liga jamoalarida o'ynagan va u kishi ham Denis Ivankov qo'l ostida shug'ullangan.



- Mana o'tgan yili superliga jamoalariga qarshi maydonga chiqdingiz, lekin bu yil sizga katta ishonch bildirilishi kutilmoqda. Sizni asosan qaysi jamoa hujumchilari xavotirga soladi?


- Janga kirgan odam mag'lubiyatga uchrayman deb tushmaydi. Men ham aynan qaysidir hujumchidan chuchiyman deb ayta olmayman. Futbol bu jamoaviy o'yin. Jamoadoshlarim bilan birgalikda to'g'ri harakat qilsak yaxshi natijalarga erishamiz deb o'ylayman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика