Umidjon Ergashev: "Denis Ivankov o'yinimdan qoniqmaganini aytdi"
06 apr 2019 17:26
Yangiliklar


Umidjon Ergashev: "Denis Ivankov o'yinimdan qoniqmaganini aytdi"
Uchrashuvdan so'ng "ajdarlar" darvozaboni Umidjon Ergashevning fikrlari bilan qiziqdik.
"Saviyasi kuchli bo'lgan jamoaga qarshi o'ynadik. Biz o'zimizga ishonib maydonga tushgandik, oxirgi daqiqalardagi etiborsizligimiz tufayli yutqazib qo'ydik.
- Ikkinchi gol o'tkazilgan vaziyatga nima deya olasiz?
- Pala-partishlik yuzaga kelgani uchun aniq ko'ra olmadim. Yigitlar ofsayd deyishmoqda.
- O'yindan keyin sobiq murabbiyingiz Denis Ivankov nima dedi?
- O'yinimdan uncha qoniqmaganini aytdi, maslahatlar berdi. O'z ustingda ishlashda davom et deb aytdi. Men to'xtab qolmayman.
- Hozirgi kunda "Nasaf" darvozabonlar murabbiyi Mixail Naumov haqida nima deya olasiz?
- Tajribali, Oliy ligada juda ko'p o'yin o'tkazgan. Darvozabonlarni o'yinga yaxshi tayyorlamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar