“Umid Kubogi-2015”. Namangan va Farg'ona terma jamoalari uchinchi o'rinni egallashdi
22 may 2015 16:05
Yangiliklar


“Umid Kubogi-2015”. Namangan va Farg'ona terma jamoalari uchinchi o'rinni egallashdi
Samarqandda “Umid Kubogi-2015” Respublika turniri hal qiluvchi pallaga kirdi.
Bugun musobaqaning yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Dastlab, Toshkent va Namangan terma jamoalari o'rtasidagi bahsi bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvda Namanganlik o'smirlar 0:3 hisobida poytaxtlik tengdoshlariga mag'lub bo'lib bronza medallariga ega bo'ldi.
Ikkinchi uchrashuvda Samarqand terma jamoasi Farg'onaliklarga qarshi kurash olib bordi. Uchrashuvda Samarqandliklar yirik 6:1 hisobida g'alaba qozondi. Farg'ona terma jamoasiga ham uchinchi o'rin nasib qildi.
Uchinchi o'rin sohiblari Samarqand viloyat futbol federaciyasi tomonidan medal va diplomlar bilan taqdirlanishdi.
Taqdirlash marosimidan olingan fotolavhalardan bahramand bo'ling.
(Namangan terma jamoasi)
(Farg'ona terma jamoasi)
Eslatib o'tamiz, Ertaga finalda Toshkent va Samarqand terma jamoalari bahsi turnir g'olibini aniqlab berishadi.

Fikrlar