So’nggi yangiliklar

14:11Перес "Реал" президентлиги учун номзод сифатида тасдиқланди. Кун охиригача рақобатчилар пайдо бўлмаса сайлов ўтказилмайди  0 13:37Эрон Суперкубоги учун баҳсда Ўрунов жамоаси мағлуб бўлди  0 12:54"Барселона" футболчиси 5 ойдан сўнг сафга қайтди  2 12:34Абдуқодир Ҳусановнинг "Энергетик БГУ"даги устози: "Унинг "Сити"даги рақобатчиларига ҳавас қилмайман"  17 11:50"Насаф"га ўтаётган Черан ва Хебай учрашишди  9 11:22"Бавария" ва Дэвис 4 йиллик янги шартнома бўйича келишувга эришишга яқин  2 11:00Бугун Пеп Гвардиола таваллуд топган кун. Мураббийнинг ҳаётий сабоқларини ўқинг  6 10:43Холанднинг янги шартномасида иккита клубга кетиши мумкинлиги ҳақидаги банд бор  8 10:07«Барселона» «Ливерпуль» футболчисига 70 миллион евро тўламоқчи  1 09:30Абдулвоҳид Ғуломов: «2025 йилги мавсумда муносиб иштирок этишга ҳар томонлама пухта тайёрланяпмиз»  4 08:48Мармушниннг «Манчестер Сити»даги ойлиги маълум  6 08:14Sofascore. Шомуродов ва унинг жамоадошлари «Женоа»га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:43Фарруҳ Зокиров: «Яратган вазиятларимизни голга айлантира олмадик»  1 02:40А Серия. "Рома" "Женоа"ни мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  12 02:25Бундеслига. "Боруссия" кетма-кет учинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  2

Umid Boqiev: "O'tish o'yinlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda" Yangiliklar

Umid Boqiev: "O'tish o'yinlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda"

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Surxandaryo viloyatida Birinchi ligaga o'tish o'yinlari davom ettirilmoqda. Mazkur musobaqaning chorak final bosqichidan o'rin olgan "Binokor" - "Do'stlik" (0:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Umid Boqiev saytimizga intervyu berdi.

- Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz qanday? 

- Bugungi o'yin qiyin o'tishini bilardik. Boisi avvalgi o'yinda "SHahrixon" jamoasiga mag'lubiyatga uchraganimiz sababli yigitlarda ozroq ruhiy tushkunlik bor edi. "Binokor" yosh futbolchilardan tashkil topgan jamoa ekan va juda tezkor o'yin namoyish etishdi. Raqib darvozasiga 4 ta gol kiritgan bo'lsak ham bugungi o'yinda bizga oson bo'lmadi. Jamoamiz safida tajribali futbolchilar bor, albatta bugun ular o'zlarini har tomonlama ko'rsata olishdi. "Binokor"ga qarshi o'yinda tajriba o'z so'zini aytdi deb aytsak to'g'ri bo'ladi.

 - "Do'stlik" mazkur turnirga Farg'ona viloyati Birinchiligi g'olibi sifatida etib keldi. Bundan tashqari, jamoa joriy mavsum Farg'ona viloyati kubogi sohibiga aylandi. Bosib o'tilgan yo'l haqida...

- Jamoamiz o'tgan mavsumda ham Farg'ona viloyati Birinchiligida finalga qadar etib borgandi. Bundan tashqari viloyat kubogi musobaqasida ham finalda o'ynab mag'lub bo'lgandik. O'tgan mavsumda yo'l qo'yilgan xatolardan to'g'ri xulosa chiqargan xolda o'z ustimizda ishladik. SHuningdek, jamoamiz safida o'ynab kelayotgan Oqil Mahmudov, Said Abdujabborov kabi tajribali futbolchilar ham g'alabalarimizga o'z hissalarini qo'shishdi. Joriy mavsum 2-davradan safimizga ko'pchilikka yaxshi tanish bo'lgan SHohruh Xolmatov va Mo'ydin Mamazulunovlar qo'shilishdi. Jamoaga ikki mavsumdan buyon murabbiylik qilmoqdaman. SHu davr mobaynida tarkibimizda ko'plab futbolchilar o'sishga erishishdi, tajriba to'plashdi. Joriy mavsum oldimizga qo'yilgan vazifalar to'liq uddalanmoqda deb ayta olaman. Natijalardan xabardor muxlislar yaxshi bilishadi, biz bu yil Farg'ona viloyati 2-ligasida chempion bo'ldik, viloyat kubogida g'olib chiqdik. Bu jamoamiz safida mehnat qilayotgan barcha insonlarning yutug'i va g'alabalarimizda ularning har birini alohida hissasi bor.

- O'tish o'yinlarining guruh bosqichida jamoangiz "SHahrixon" bilan to'qnash keldi. Ko'pchilik muxlislar yaxshi bilishadi, siz ushbu jamoa safida o'ynagansiz. Endilikda murabbiy sifatida sobiq jamoangizga qarshi o'yinda qanday hissiyotlarni boshdan kechirdingiz?

- To'g'ri, futbolchilik faoliyatimda "SHahrixon" safida o'ynaganman. Bunga ancha vaqtlar bo'lib ketdi. Ayni damda "SHahrixon"da sobiq jamoadoshim ishlayotgan ekan. Jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan va bu yo'lda ularga omad tilayman. 

Futbol shunaqa soha, sobiq jamoangizga duch kelsangiz ham albatta g'alaba haqida o'ylaysiz. Lekin ushbu o'yinda biz mag'lubiyatga uchradik. Sababi biz navbatdagi bosqich yo'llanmasini hal etib bo'lgandik, o'yinning natijasi biz uchun ahamiyatsiz edi. "SHahrixon"ga qarshi o'yin amaliyotisiz qolayotgan yosh futbolchilarga imkon berdik. Asosiy tarkib futbolchilarimizga dam olishga sharoit yaratib berdik. Aslida bu o'yinda ham jamoamiz vakillari yomon harakat qilishmadi, lekin bir oz omad etishmadi.

- "Do'stlik" klubi  haqida muxlislarga batafsilroq tushuntirish bersak. Jamoaning tashkil topishi, xomiylari, oldindagi maqsad va vazifalar xususida...

- "Do'stlik" Farg'ona viloyatining Oltiariq tumani klubi hisoblanadi. Klub 2015 yili xususiy maqomda tashkil etilgan va dastlab "Olimpik" nomi bilan o'ynagan. Keyinchalik 2019 yilda jamoa nomi "Do'stlik" etib o'zgartirilgan. Klubimiz xomiysi va tasischisi tadbirkor Ulug'bek G'aniev hisoblanadi. Fursatdan foydalanib shu kishiga yaratib berilayotgan sharoit va ishonch uchun jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildirib o'taman. 

Joriy mavsum jamoamiz oldiga viloyat Birinchiligida g'olib chiqish va yakunda Birinchi liga yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan. Ushbu vazifalar ustida ishlayapmiz, viloyat Birinchiligida g'oliblikni qo'lga kiritdik. Nasib bo'lsa, buyog'i oz qoldi, Birinchi liga yo'llanmasini ham qo'lga kiritamiz.

- Jamoangiz uy uchrashuvlarini qaysi stadionda o'tkazadi? Ayni damda o'yingoh xolati qanday? Licenziyalash talablariga qay darajada javob bera oladi?

- "Do'stlik" uy uchrashuvlarini Oltiariq tumanida “Markaziy" o'yingohida o'tkazadi. Biz mazkur turnirga kelish oldidan viloyatimiz va tumanimiz hokimlari bilan uchrashganmiz. Ular bizga har tomonlama yordam berishlarini, qo'llab-quvvatlashlarini takidlashdi. Jamoamizga bo'layotgan etibor va Oltiariq tumanida futbol rivoji uchun o'z hissalarini qo'shayotganliklari uchun viloyatimiz hokimi Xayrulla Bozorov va tumanimiz hokimi Xolmirza Niyozovlarga klubimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Birinchi liga klublariga qo'yiladigan licenziyalash talablari bo'yicha jamoamizda hech qanday muammo bo'lmaydi deb o'ylayman.

- Fikringizcha, Birinchi ligaga o'tish o'yinlari tashkilotchiligi qanday amalga oshirilmoqda?

- Birinchi navbatda aytish mumkin, o'tish o'yinlari uchun Surxandaryo viloyati tanlangani ajoyib bo'libdi. Sababi bu xududda qish faslida havo u qadar sovuq emas, ayni futbol o'ynaydigan muhit hukmron bo'lmoqda. Bundan tashqari Surxandaryo futbol associaciyasi, xususan Sanjar SHomurodov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq. O'zbekiston futbol associaciyasi vakili Baxtiyor SHirinov tomonidan barcha jamoalarga beminnat sharoit yaratib berilgan. Umuman aytganda, o'tish o'yinlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Bu xududda ayni kunlarda haqiqiy futbol bayrami hukmron va barcha ishtirokchi jamoalarda kayfiyat alo darajada.

- Ayni damda jamoangiz safida Mo'ydin Mamazulunov, Said Abdujabborov, SHohruh Xolmatov, Riza Ayvazov kabi taniqli futbolchilar o'ynab kelishmoqda. "Do'stlik" o'tish o'yinlari yakunida Birinchi ligaga yo'llanmani qo'lga kiritsa, transferlar masalasi qanday bo'ladi? Jamoaga yangi futbolchilar jalb etiladimi?

- Biz barcha bosqichlarni, qiyinchiliklarni shu yigitlar bilan engib o'tdik. Albatta, ular bilan kelgusida ham davom etamiz. Endilikda ishtirok etishimiz mumkin bo'lgan chempionatning darajasidan kelib chiqib chiziqlar bo'yicha raqobatni kuchaytiramiz. Ko'z ostimga olib qo'ygan 3-4 nafar futbolchilar bor, ularni tarkibimizga qo'shib olishga harakat qilamiz.

- Futbol muxlislariga, umuman futbol jamoatchiligiga qo'shimcha fikrlaringiz bo'lsa, marhamat.

- O'tish o'yinlarida juda ko'plab muxlislar ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoamiz ishtirokidagi har bir uchrashuvni kuzatib borishmoqda. Har bir o'yindan so'ng ko'plab qo'ng'iroqlar bo'layapti, bugun ham g'alabamizdan xursand bo'lgan muxlislardan juda ko'p tabriklar keldi. Mavsum davomida ham bizga ishonch bildirib qo'llab-quvvatlaganliklari uchun muxlislarimizga minnatdorchilik bildiramiz. SHuningdek, futbol jamoatchiligida bizga befarq bo'lmagan har bir insonga rahmat aytamiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика