So’nggi yangiliklar

12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  2 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  1 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  19 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  4

Umid Ahmadjonov SHveycariyaga jo'nab ketdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov SHveycariyaga jo'nab ketdi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti, mamlakat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov o'zbek futboli boshqaruvini qo'lga olganidan so'ng ishni futbol oilasi bilan yaqindan tanishishdan boshlagan edi.

Bu borada Umid Mahamadjonovich FIFA Prezidenti Janni Infantinoning taklifiga ko'ra Cyurixga tashrif buyurib, FIFA strukturasi bilan yaqindan tanishgan va yaqin hamkorlik aloqalarini o'rnatgan edi. Buning samarasi o'laroq O'zbekiston terma jamoasi kuchli sparring raqiblar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil eta oldi. Jumladan, bevosita Infantinoning yordami bilan jahon chempionati ishtirokchilari Senegal, Marokash va Urugvay terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazdi.

Endi esa Umid Ahmadjonov SHveycariyaga Xalqaro olimpiya qo'mitasi rahbari Tomas Baxning taklifiga ko'ra yo'l olmoqda. XOQ qarorgohi joylashgan Lozannada Umid Ahmadjonov Tomas Bax bilan uchrashuv o'tkazadi, butun dunyo Olimpiya oilasi va Olimpiya harakati bilan yaqindan tanishadi. Buenos-Ayres va Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga ko'rilayotgan tayyorgarlik hususida fikr almashadi, qolaversa dunyo sportida yuz berayotgan yangiliklardan boxabar bo'ladi va albatta xalqaro aloqalarni mustahkamllash yo'lida o'ziga xos ko'prik o'rnatadi.

Albatta bu hamkorlik yaqin vaqt ichida o'z samarasini berishi aniq. O'zbekiston nufuzli xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor. SHveycariyaga amalga oshirilayotgan tashrif har tomonlama unumli va samarali bo'lishini kutib qolamiz.

MOQ rahbarining SHveycariyaga tashrifi, u erda o'tkaziladigan muzokaralar natijasi bilan Milliy olimpiya qo'mitasining rasmiy sayti orqali xabardor bo'lib borishingiz mumkin bo'ladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика