So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  80 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Umid Ahmadjonov Qo'qondagi "Markaziy" stadioniga tashrif buyurdi, qo'qonliklar ham "Nasaf"ning OCHLdagi o'yiniga boradi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Qo'qondagi "Markaziy" stadioniga tashrif buyurdi, qo'qonliklar ham "Nasaf"ning OCHLdagi o'yiniga boradi

Teglar :  Umid Ahmadjonov
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston Futb Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun viloyatdagi olmpiya sport turlari va futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Andijonga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Kunning ikkinchi yarmida Umid Ahmadjonov Qo'qonga tashrif buyurib, “Qo'qon-1912” klubiga qarashli “Markaziy” stadionda amalga oshirilayotgan rekonstrukciya ishlari bilan tanishdi.

O'FA 1-vice-prezidenti Superliganing yangi mavsumi boshlangunga qadar stadiondagi qayta tamirlash ishlarini tezroq yakuniga etkazish kerakligini takidlab, bu borada tegishli ko'rsatmalar berib o'tdi.

SHuningdek, Umid Ahmadjonov stadionda “Qo'qon-1912” klubi muxlislar jamoasi bilan ham uchrashdi. Qo'qonlik muxlislarning yangi mavsumga o'z jamoalarini qo'llab-quvvatlash uchun qay darajada tayyorgarlik ko'rishayotgani bilan qiziqdi. OCHLdan o'rin olgan “Nasaf” ishtirokidagi safardagi o'yinlarga qo'qonlik eng faol 10 nafar muxlisni O'zbekiston Futbol Associaciyasi hisobidan yuborilishini aytib o'tdi. O'z o'rnida qo'qonlik futbol ishqibozlari buning uchun Umid Ahmadjonovga katta minnatdorchilik bildirib o'tishdi.

Jumladan, “Qo'qon-1912” klubi faxriy muxlisi SHerxon Qosimov O'zbekiston OTJ Osiyo chempioni bo'lgani munosabati bilan qo'qonlik muxlislar nomidan Umid Ahmadjonovni tabrikladi. Yurtimizda sportga, jumladan, futbolni rivojlantirishga hukumat tomonidan katta etibor qaratilyotgani uchun muhtaram Yurtboshimiz SHavkat Mirziyoevdan cheksiz minnatdor ekanliklarini aytib o'tdi.

Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика