So’nggi yangiliklar

23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  9 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  5 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  4 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  36 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   12 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  11 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  4 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  3 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  1

Umid Ahmadjonov Pro licenziyasi uchun tahsil olayotgan murabbiylar bilan uchrashdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Pro licenziyasi uchun tahsil olayotgan murabbiylar bilan uchrashdi

Ayni paytda Toshkent shahrida futbol bo'yicha murabbiylar uchun Pro licenziyasi o'quv-kurslari bo'lib o'tmoqda.

Mazkur kurslarda 21 nafar murabbiy ishtirok etmoqda. Malaka oshirish kurslarida Turkmaniston, Hindiston, Tailand, shuningdek, Superligada faoliyat olib borayotgan murabbiylar ham tahsil olishmoqda. Bugun Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston futbol associaciyasining birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov mazkur kurslarda o'qiyotgan murabbiylar bilan uchrashdi. Unda FIFA va AFC instruktori Islom Ahmedov, Ro'ziqul Berdiev, No'mon Hasanov, Davron Fayziev, Hamidjon Aktamov, Jasur Abduraimov, Rustam Abdullaev hamda Bahrom Haydarov kabi murabbiylar ham ishtirok etishdi.
 
Umid Ahmadjonov uchrashuvni boshlar ekan, futbolni rivojlantirishda murabbiylarning roli beqiyos ekanligini aytib o'tdi.
 
«Futbolni rivojlanishida siz – mutaxassislarning roli juda katta. Murabbiylar saviyasini oshirmay turib, futbolni yuqori pog'onaga ko'tarib bo'lmaydi. Yurtimizda futbolni rivojlantirish yo'lida hamjihatlikda ish olib borishimiz lozim. SHu maqsadda, Superliga murabbiylaridan iborat kengash tuzishni va ushbu kengashga tegishli vakolatlar berishni rejalashtirmoqdamiz. Kengashda sizlar ham bo'lasizlar. Faollikni oshirib, yurtimiz futboli ravnaqini yuksaklarga ko'tarishimiz lozim», – dedi Umid Ahmadjonov.
 
Yig'ilish davomida shuningdek, murabbiylarimiz malakasini oshirish uchun ularni xorijiy klublarda malaka oshirishlari, dunyoning etakchi klublari akademiyalarida ish o'rganib qaytishlari kerakligi takidlab o'tildi.
 
Do'stona ruhda kechgan uchrashuvda murabbiylar Umid Ahmadjonovga o'z takliflarini berib, fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar.
 
Uchrashuvdan so'ng o'quv-kursida instruktor sifatida faoliyat olib borayotgan Islom Ahmedovning fikrlari bilan qiziqdik.
 
«Bu yilgi o'quv kurslari Evropa standartlari asosida tashkil etilmoqda. Avvallari bunday kurslar 6 oy bo'lardi. Endi esa 1 yil davom etadi. Hozircha ikkita modul yakunlandi. Futbol talablari o'zgarib bormoqda. Murabbiylarimiz tahlillar asosida qilinishi lozim bo'lgan ishlarni tushunishmoqda. Ushbu kurs orqali biz Superliga, Proligada faoliyat olib borayotgan murabbiylar bilan doimiy ravishda aloqada bo'lamiz. Kurs qiziq o'tmoqda. Men murabbiylarimiz uchun xursandman», – dedi Islom Ahmedov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика